1. Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar 2. Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi 3. Antik davr faylasuflarining qarashlari. 4. Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik. 5. O‘quvchi-yoshlarni yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish. 6. Sharq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Jomiy, Davoniy, Navoiy, Avloniy va boshqalar) barkamol shaxs tarbiyasi haqida 7. Tarbiya vazifalari va uning mazmuni
Reja:
Eramiz boshlanishidan oldin O‘rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo‘lgan joyda O‘rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo‘li qurildi. So‘ngra O‘rta Osiyo orqali Xitoy dan O‘rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo‘li» ochildi. Natijada O‘rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o‘z navbatida O‘rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Lakoniya (Sparta)da kemalar to‘xtaydigan qulay gavanlar bo‘lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo‘lgan quldorlar 250 mingdan ko‘proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi.
Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo‘lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo‘lajak quldorlarni yetkazishdan iborat edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog‘lom bo‘lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi. qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’limtarbiya haqida gapirib, shunday deydi: «O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi». Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo‘lib 75 ko‘ringan har qanday illatni (qulni) o‘ldirar edilar. Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar.
Shuningdek, bolalarni savol javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilgan. Spartada 18—20 yoshga yetganda yigitlar «Efeblar» o‘spirinlar guruhida harbiy xizmatni o‘taganlar. Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo‘riqlab, qullarni itoat saqlashini ta’minlar, ular hatto jangda ham qatnashar edilar. Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi. qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. Afinada eng ko‘rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o‘zlarirning «ideali» deb hisoblar edilar. Bu ideal faqatgina yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanar edi. Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg‘or ishlariga o‘rgatilar edi. Afinada xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o‘tar edi. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o‘rgatish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo‘lib, o‘qish pullik edi.
Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. Bu maktablarda «didaskol» deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar edilar. (men o‘qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so‘zidan keyinroq «didaktika» — ta’lim nazariyasi kelib chiqqan). O‘g‘il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borar edi, bunday qul pedagog deb atalar edi («pays» - bola, «agogeyn» - yetaklab borish degan so‘zlardan olingan). Grammatist maktabida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilar edi. O‘qishda harflarni hijjalab o‘qitish usuli, so‘ng qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o‘rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho‘p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblaganlar. Kifarist maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o‘rgatilar edi. O‘g‘il bolalar 13—14 yoshga yetganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki—uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan, sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘itish, suvda suzish kabilar o‘rgatilardi. Palestrada o‘qish tekin edi, shuning uchun ham yoshlarning ko‘pchilik qismi palestrada o‘qish bilan cheklanib qolar edi. Yoshlarning badavlatroq oiladan bo‘lgan qismi palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin edi.
Nihoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Aholining ko‘pchilik qismi bolalarni maktablarda o‘qita olmaganligi sababli ularga kasb-hunar o‘rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat-savodi bor otalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar. Bu kabi tartib davlat tomonidan qonunlashtirilib qo‘yilib bechorahol tabaqaga mansub ota-onalar o‘z bolalariga biror kasbni o‘rgatishga majbur edilar. Aks holda ularning bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to‘g‘risida moddiy g‘amxo‘rlik qilishdan ozod etilar edi. quldor zodagonlar mehnat bilan shug‘ullanuvchi erkin aholiga nafrat bilan qarardi. qullarni esa «gapiradigan ish quroli» 76 deb hisoblar edilar. qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar. quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Suqrot. (eramizdan avvalgi 469—399 yillar) O‘zining demokratik ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (u kambag‘al hunarmand, ya’ni haykaltarosh o‘g‘li) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o‘z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo‘lmaydi, odamlar faqat o‘zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar edi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo‘l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o‘rgatar edi. Suhbatni bu metodi «Suqrot metodi» deb yuritilgan.
Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz. Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.
«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.
Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.
Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.
Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».
Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarining individualligini shakllantiradi.
Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.
Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.
Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications.