O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
11-SEMINAR
Bajardi: Oqmardiyev S.
Tekshirdi: Mo`minova M.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
O‘zbekistonjahon hamjamiyatining to‘laqonli
sub'ektiga aylanishi.
2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o‘zgarishlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar.
1. O‘zbekistonjahon hamjamiyatining to‘laqonli
sub'ektiga aylanishi.
XX asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o‘z tashqi siyosatini xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli sub'ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko‘rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G‘arb mamlakatlarini bir-biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o‘z aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi.
Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo’q edi.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.
Islom Karimovning Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko‘rsatib o’tildi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga quyish, etakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta'kidlandi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an'analarni davom ettiradi. Mazkur an'analarga ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo’lib, O‘zbekiston o‘zining xalqaro huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda.
Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo‘l ochdi.
BMT ustavi, Inson huquqlari to‘g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi boshqa xalqaro paktlar, Xelsinki bitimlari, Parij va Madrid xartiyalari qoidalari Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq printsiplari va normalariga asos bo’ldi. Bunday konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo’limda 22,23 va 26-bobda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda, «Tashqi siyosat», «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari», «O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham fikrimizning dalilidir.
2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o‘zgarishlar.
XX asrning oxirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o‘zgardi.
Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Oqibatda dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga e'tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.
«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi o‘z tarafdorini qo‘llab-quvvatlashdan to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o‘z qiymatlarini yo’qotishdi va natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya, Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.
«Sovuq urush» bilan to‘g’ridan-to‘g’ri boG’liq bo’lmagan barcha qit'alarda kechgan keng miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to‘g’ri keladi. Braziliya, Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e'tiborli natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34ta davlat rahbari o‘z davlatlarining demokratik yo‘l bilan saylangan liderlari edilar. Shunga o’xshash demokratlashtirish jarayonlari Filippin, Tayvan, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda harbiy tuzum o‘rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo‘l olinganligini ko‘rsatdi. Afrikaning boshqa joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin, Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma'lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv to’lqini bu qit'aga ham ta'sir qilmasdan o’tmaganini ko‘rsatadi.
Aytib o’tish lozimki, demokratiya etuklikning bir necha darajasiga ega. Bu fransuz hamda amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatlarning rivojlanishida yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlarida yoki sobiq ittifoq o‘rnida paydo bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning ayrimlarida muntazam, ko’p partiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G‘arbiy Evropa tipidagi etuk demokratiya shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolnning demokratiyaga bergan «xalq saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi» ta'rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.
80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ijtimoiy-siyosiy modellarning global almashinuv jarayoni turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning er yuzini yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois, jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o‘zgarishi to‘g’risida xulosa qilish mumkin bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, ba'zan esa muayyan davlatlar o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlardan ham xoli emas. Masalan, bugungi kunda Hindiston va Pokiston, Gretsiya va Turkiyada parlamentar boshqaruv joriy etilgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi munosabatlarda keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo‘l bosib o’tgan bo’lsa-da, baribir, aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam ?usayn, Slobadan Miloshevich tuzumlariga qarshi harbiy kuchni ishlatish masalalari bo‘yicha Evropa davlatlari va AQSh bilan oralarida kelishmovchilik bor. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-birlari bilan urush qilishmagan.
3. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar
Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon hamjamiyatitomonidan e'tirof etilgan demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o‘z tashqi siyosatini yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralmashmaslik va davlatlarning suvereniteti hududiy yaxlitligni hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston o‘z diplomatiyasini yuqoridagi qadriyatlar asosida olib bormoqda.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlashda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. O‘zbekiston xalq xo’jaligidagi aniq loyihalarga sarflanayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori yildan-yilga ortib borayapti. Keyingi yillarda qad ko’tarayotgan zamonaviy inshootlar va yirik korxonalar bunga misol bo’la oladi
O‘zbekistonda investitsion muhitni shakllantirish, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot vujudga keltirish bo‘yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan boG’lovchi kommunikatsion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Chet ellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O‘zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg’or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar.
Mamlakatimizning boy yer osti va yer usti resurslari, malakali mutaxassislari, Markaziy Osiyodagi etakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O‘zbekiston hozirgi paytda 130dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. Yurtimizdagi 15 mingga yaqin korxona mahsulotlar eksport-importi bilan shug’ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas.
O‘zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar- Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a'zo sifatida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga munosib hissa qo’shmoqda. AQSh va boshqa etakchi davlatlar askarlari bilan birgalikda har yili o’tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli kuchlarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo’layapti.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari va hukumat boshliqlarining Istanbul shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi davrimizning eng muhim anjumanlaridan bir bo’ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi, aniq takliflari va mulohazalari bilan yig’ilganlar e'tiborini qozondi. Ayniqsa terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklif ko’plab davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi doirasida ana shunday markazning ta'sis etilishiga ham O‘zbekiston rahbariyatining taklifi sabab bo’ldi.