12
“Keys-stadi” metodi
«Keys-stadi»
- inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq,
tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan
metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida
amaliy vaziyatlardan
iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq
axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys
harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How),
Nima-natija (What).
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish
bosqichlari
Faoliyat shakli
va mazmuni
1-bosqich:
Keys va uning axborot ta’minoti bilan
tanishtirish
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio
yoki media
shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash
2-bosqich:
Keysni aniqlashtirish va o‘quv
topshirig‘ni belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik iyerarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich:
Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish
orqali o‘quv topshirig‘ining
yechimini
izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
individual va guruhda ishlash;
muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;
har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil
qilish;
muqobil yechimlarni tanlash
4-bosqich:
Keys yechimini
yechimini shakllantirish
va asoslash, taqdimot.
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini
asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy
aspektlarini yoritish
Dostları ilə paylaş: