135
8 - Laboratoriya ishi
Mavzu: OSPF, RIP, EIGRP, OSPF va BGP protokollari asosida dinamik marshrutlashni sozlash
Ishdan maqsad:
Dinamik
marshrutizatsiya RIP, EIGRP, OSPF, BGP protokollari asosida
qurilgan tarmoqda xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
8.1-rasm. Tadqiq qilinayotgan
tarmoq topologiyasi
Nazariy ma’lumotlar
IP - texnologiyasida marshrutlash jarayoni umuman tarmoqning unumdorligi
va samaradorligiga
ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Marshrutlash
- bu tarmoqning turli segmentlarida joylashgan oxirgi tizimlar o‘rtasida
ma’lumotlarini uzatishga imkon beruvchi mexanizm hisoblanadi.
Marshrutizatsiya protokollari static va dinamik turlarga bo`linadi.
Statik marshrutlash deganda
vaqt davomida o‘zgarmaydigan marshrutlar va jadval bo‘yicha o‘zgaradigan marshrutlar nazarda tutiladi.
Dinamik marshrutizatsiya protokollari IP-tarmoq marshrutizatorlariga
optimal marshrut jadvalini
(tanlangan mezonlar asosida) avtomatik ishlab chiqish va tarmoq topologiyasida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarga mos holda uni dinamik ravishda o‘zgartirib borish imkonini beradi. Dinamik marshrutlash
quyidagicha klassifikatsiyalanadi (8.2-rasm).
Dinamik marshrutizatsiya protokollari
Ichki marshrutizatsiya
protokollari
Tashqi marshrutizatsiya
protokollari
Masofa-vektor
protokollari
Aloqa kanal holati bo’yicha
marshrutizatsiya
protokollari
Vektor yo’li bo’yicha
marshrutizatsiya
protokollari
IGRP
RIPv1
RIPv2
EIGRP
OSPF
IS-IS
BGP
8.2-rasm. Dinamik marshrutizatsiya protokollari klassifikatsiyasi
Dostları ilə paylaş: