O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 308,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü308,13 Kb.
#185603
1   2   3   4   5   6   7
6-amaliy ish PP

Nizolarni boshqarish



Eng ideal holatda menejer nizolarni hal qilibgina (bartaraf etib) 
qolmasdan, ularni boshqara olishi ham lozim deb hisoblanadi.

Nizolarni boshqarish nizoli vaziyatni o‘zgartirish, zarurat 
tug‘ilganda esa umuman bartaraf qilishdan iborat. Nizoni hal 
etishning hal qiluvchi belgisi to‘qnashuvni, ya’ni nizo predmeti, 
maqsadi, ob’yektini bekor qilishdir
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. 
Ularni quyidagi yirik guruhga bo‘lish mumkin. 
Tarkibiy – tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi.
Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli
. Bu usul disfunsional usulga 
mutlaqozid bo‘lib, bunda har bir xodim va bo‘limlardan qanday natija 
kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integrasiyalash usuli
. Bu usul 
og‘zaki buyruq 
(amr) zanjiri
deb yuritiladi.
Tarkibiy-tashkiliy usullar

Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish

Muvofiqlashtirish va integrasiyalash

Umumtashkiliy kompleks maqsadlar

Mukofatlashning tarkibiy tizimini takomillashtirish
Strategik usullar

Uzoqlashish

Silliqlashish



Majburlash

Kelishuv

Muammoni xal etish
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning 
beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. 
Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. 
Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va 
o‘zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan 
hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday xolatli zaruriyat hali 
yetilmagan yoki ziddiyatga chiqyvchilarning lavozim darajalari yaqin 
bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Silliqlanish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni 
bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar 
bir-biri bilan hushmuomalali bo‘lishga, arzimagan napsaga 
achchiqlanish, umuman bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni 

qaltis tebratish”
yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash - bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so‘zini 
majburan, zo‘rlab qabul qildirish. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan tomon 
qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday 
strategiyani qo‘llaydigan tomon tajavuzkorlik bilan o‘z xohishini qarshi 
tomonga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq rahbarlar qo‘l ostida 
ishlaydiganlarga nisbatan qo‘llashadi
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti - 
bu murosaga kela olish. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori 
baxolanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni 
qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni xal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi 
yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chyqyp tahlil qilish 


va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari 
o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng 
oqilona yechimini topish evaziga erishishni hushlaydilar.
Rahbarning sa’y-harakatlari mehnat jamoalarida
nizolarni hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Nizoni hal etish 
uchun rahbar quyidagilarni bajara olishi lozim:

yuzaga kelgan vaziyatni ob’yektiv baholash va agar haqiqatda 
shunday bo‘lsa, nizoning mavjudligini tan olish.

Nizoning mavjudligini tan olish ko‘plab salbiy jihatlarning – 
xodimlar o‘rtasida gaplarning chala qolishi, «parda orti» 
harakatlarining oldini oladi va nizoning hal etilishiga 
yaqinlashtiradi;

nizoning bahonasini uning predmetidan – ko‘pincha ob’yektiv yoki 
sub’yektiv yashiriladigan bevosita sababidan ajrata olish;

nizo turini, uning bosqichini, predmetini, qatnashchilarning 
(opponentlarning) asosiy maqsadlarini aniqlash;

qarama-qarshiliklar predmetining ishlab chiqarish, mehnat va 
boshqaruvni tashkil etishga qay darajada, nizo tomonlarining 
shaxsiy va ishbilarmonlik munosabatlariga qay darajada taalluqli 
ekanligini aniqlash;

odamlar nizoga yo‘l qo‘yishining sub’yektiv sabablarini aniqlash.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‘z oldida, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadar 
to‘liq yetilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida 
turganligi sababli, korxona uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni 
boshqarish oson kechadi.


Yopiq nizolar o‘ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan 
fursatda portlaydigan minaga o‘xshatsa bo‘ladi.
Yopiq nizolar ko‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida 
rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, 
buzg‘unchilikka qaratilgan bo‘lib, yolg‘on-yashiq, uydirma, bo‘hton 
gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.

Yüklə 308,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin