IV. Tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta’lim olishi
va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari
4.1. MTT tomonidan ochilishidan oldin tarbiyalanuvchilar yoki xodimlar uchun gigiena qoidalari va amaliyotlari bo‘yicha qisqa kurs ishlab chiqiladi (shu jumladan, yo‘talish paytida og‘iz va burunni bekitish, qo‘l yuvish va yuzga tegmaslikka harakat qilish).
4.2. Qulay ob-havo sharoitida toza havoda imkon qadar ko‘proq o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar o‘tkaziladi. Ta’lim dasturlari ochiq havoda ta’lim olish uchun moslashtiriladi.
4.3. O‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi katta guruhlardagi o‘zaro munosabatlarni cheklash orqali bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlash uchun 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |