O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
 


168 
 
Bemorni qorni bilan yotqizish.
Kerakli jihozlar 
Bajarish algoritmi 
Izoh. 
1.Yostiq va
yostiqchalar
2.Choyshab.
3.Ko’rpa.
Yotoq yaralarining oldini olishda bemorning vaziyatini tez-tez almashtirib turish lozim , 
bunday vaziyatlardan biri – qorin bilan yotishdir:
 
1.bemor karavoti gorizontal holatga keltiriladi; 
2.boshidan yostiq olib qo`yiladi; 
3.bemor qo`lini tirsak bo`g`imida yoyib, gavdasiga yaqinlashtirib, qo`l
panjasini soni tagiga qo`yib , qo`li ustidan ag`darib qo`yiladi; 
4.bemor karavot o`rtasiga suriladi; 
5.bemor boshini yonboshlatib, tagiga yostiq qo`yiladi. 
6.qorning tepa qismiga yostiq qo`yiladi ( bu moslama bel sohasidagi va ko`krak bezlaridagi 
zo`riqishni kamaytiradi); 
7.bemorning qo`llarini bukib , tepaga shunday ko`tarish kerakki, qo`l panjalari boshining
yonida bo`lsin; 
8.qo`llar tagiga kichikroq yostiqchalar qo`yiladi; 
9.tovonlar tagiga bolishchalar qo`yiladi. 
 


169 
Bemorni yonboshlatib yotqizish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kerakli jihozlar 
Bajarish algoritmi 
Izoh. 
1.3-4 ta yostiq
2.Choyshab.
3.Ko’rpa.
Bemorni yonboshlatib yotqizish quyidagicha bajariladi: 
1.o`rning bosh tomoni tushiriladi; 
2.chalqancha yotgan bemor karavot chetiga suriladi; 
3.agar bemorning o`ng yonboshiga yotqizish kerak bo`lsa chap oyogini tizzadan bukib , chap
oyoq panjasi o`ng taqimga qo`yiladi; 
4.hamshira bir qo`lini bemor sonidan , ikkinchi qo`lini yelkasidan ushlab o`z tomoniga
yonboshlatadi ( bunday harakatlar yonboshlatishni yengillashtiradi); 
5.bemor boshi va tanasining tagiga yostiq qo`yiladi; 
6.bemorning ikkala qo`li biroz bukiladi, shunda yuqoridagi qo`l yelka va bosh oldida bo`ladi,
pastdagi qo`l esa boshining yonida yostiqda bo`ladi ( bu holat o`pka ventilatsiyasini
yaxshilaydi); 
7.bemor orqasiga ikki buklangan yostiq tirab qo`yish kerak ( bu bemorni yonboshlatganda
muvozanatni saqlab turadi); 
8.bemor oyoyg`ini chov sohasidan taqimigacha bo`lgan joyiga yostiqcha qo`yiladi ( shunda
tizza va taqim bo`g`imlarida yotoq yaralar hosil bo`lishining oldi olinadi); 
9.oyoq panjasining tagiga 90 
0
burchak ostida tayanch qo`yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin