34) Keksalarda gipotireozni davolash usullari: A) Qalqonsimon bez o’rnini bosuvchi preparatlar
B) Vitaminlar
V) Fizioterapevtik davo, ShJT
G) Hamma javob to’g’ri
35) Keksalarda qaysi turdagi kasalliklar YuIK ga qiyoslanadi? A) Xafaqon kasalliklar
B) Surunkali pankreatit
V) Surunkali bronxit
G) Hamma sanab o’tilganlar
Vaziyatli masala 1 63 yoshli bemor gastroenterologiya bo’limiga “atrofik gastrit” diagnozi bilan gospitalizatsiya
qilindi. Hamshira tekshiruv vaqtida quyidagi ma’lumotlarni oldi: epigastal sohada og’irlik
hissiga, ishtahaning yo’qligiga, tana vaznining kamayishiga, tez charchashga shikoyat qiladi.
Ob’ektiv: umumiy ahvoli qoniqarli, bo’yi 180 sm, og’irligi 69kg, tana harorati 36,8, terisi
rangpar, qorin yumshoq, epigastral sohada og’riqli, puls 76ta 1 minda, AD 130/80 mm. s.u,
YUCH 16 ta 1 minda.
Buyurildi: 1.
FGDS;
2.
2.No-sha 2%-2ml m/o.
Topshiriq 1.
Qaysi ehtiyojlar qondirilishi buzilgan, bemor muammolarini aniqlang.
2.
Maqsad qo’ying va hamshira aralashuvi rejasini tuzing.
3.
Bemorga FGDSga qanday tayyorgarlik ko’rish kerakligini tushuntiring.
4.
Bemorga surunkali gastrit qo’zishini oldini olish chora-tadbirlarini o’rgatish
5.
Mulyajda no-shpani 2%li eritmasidan 2ml m/o in’ektsiyasini o’tkazish.
Echim etaloni 1. Quyidagi ehtiyojlar qondirilishi buzilgan: sog’lom bo’lish, ovqat eyish, ishlash, havfdan
qutilish.
Bemor muammolari
Xozirgi: ishtaha yo’qligi, tana vaznining kamayishi, tez charchash.
Potentsial muammolar: onkologik kasalliklar, anemiya rivojlanishi.
2.Dolzarb muammolar: ishtahaning yo’qligi.
Qisqa muddatli maqsad: bemor hafta oxirlariga borib to’laqonli ovqatlanish ahamiyatini
tushunib etdi.
Uzoq mudfdatli maqsad:bemorning tana vazni kaslxonadan chiqarilish vaqtiga qadar
kamaymaydi.