32
Surunkali xolesistit ko’pincha surunkali gastrit, pankretit, kolit bilan birga kechadi.
Bunday hollarda diagnostika qiyinlashadi. O’n ikki barmoqli ichakka zond solib olingan B
o’t porosiyasi laborator
tekshirilganda leykositlar, shilimshiqlar, epiteliy hujairalari ko’zga
tashlanadi. Gohida o’t suyuqligida lyambliylar ham topilishi mumkin. Sog’lom odamda B
va S qismining o’t suyuqligida leykositlar va shilliq bo’lmasligi, ekma qilinganda esa o’t
steril bo’ligsl kerak. Surunkali xolesistitni davolashda spazmolitiklar, o’t haydovchilar,
lipotroplar,
vitaminlar, nitrofuran preparatlari, antibiotiklar; lyambliylar topilganda esa,
trixopol buyuriladi. Parhez bilan davolashga alohida e'tibor beriladi. Yog’li, qovurilgan,
achchiq, sho’r taomlarni cheklab qo’yib, spirtli ichimliklar taqiqlanadi.
Fizioterapevtik
muolajalar, sedativ, spazmolitik, o’t haydovchi vositalar yaxshi ta'sir ko’rsatadi. Parafin,
torf, balchiq applikasiyalari, diametriya, induktotermiya, ultratovush buyuriladi.
Mineral
suvlar va balneologik kurortlar tavsiya qilinadi. O’tkir pankreatit me'da osti bezining
o’tkir yallig’lanishi bo’lib ushbu xastalikka chalinganlarning 66%i keksalar hisoblanadi.
Kasallikka sabab o’t yo’li kasalliklari, yog’li taomlarni, spirtli ichimliklarni muntazam
iste'mol qilishdir. Kasallik klinikasida epigastral sohada bo’ladigan og’riqlar intensivligi
uncha kuchli bo’lmaydi. Og’riqlar yurak sohasida paydo bo’lib,
miokard infarkti
klinikasini beradi. Bemor ko’ngli aynib qayt qiladi. Qon tarkibida leykositoz, diastaza
miqdori
ortib ketadi. Keksalarda ko’proq seroz pankreatit nekrotik yoki yiringli formalariga o’tib
ketadi.
Bemorni davolash uchun 3-5 kun ochlik tayinlanadI; vena orqali izotonik natriy xlor
eritmasida glyukoza yuboriladi. Og’riq qoldirish
maqsadida atropin sulfat, no-shpa,
papaverin, galidor tayinlanadi. Me'da osti bezi fermentlari aktivligini pasaytiradigan trasilol,
kontrikal buyuriladi. Shokka qarshi vena orqali 5-2 l. 5% li glyukoza eritmasi, teri ostiga
kofein, mezaton, kamfora, kordiamin yuboriladi.
Yallig’lanishga qarshi antibiotiklar beridadi O’tkir pankreatit keksalarda ko’proq o’lim
bilan tugaydi. Shu kasallik bilan o’lganlarning 70% ini 50 yoshdan oshgan bemorlar tashkil
etadi. O’tkir pankreatitning oldini olish uchun jigar va o’t yo’li kasalliklarini yaxshi
davolash, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik kerak.
Hamshira o’tkir pankreatit bilan og’rigan bemorlarni
muntazam nazorat qilib, kasallik
qaytalanishining oldi olinishiga ko’maklashishi kerak.
Dostları ilə paylaş: