Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti 314-a gruh talabasi Nazarova Umidning Toksikologik kimyo kafedrasi Biologik kimyo fanidan Mustaqil ishi Mavzu
Mavzu: Farmatsevtik bioetikaning tarixi va zamonaviy holati Reja: 1:O'zbekiston Respublikasida rivojlanish tarixi 2:Bioetikani yuzaga kelish shart-sharoitlari 3:Bioetika-raximdillik to'g'risidagi yangi fan 4:Bioetikaning asosiy muammolari
Farmatsiya - eng qadimgi fanlardan biri. Farmatsevtikaga oid bilimlarning kelib chiqishinineolit davrdan boshlanadi. Dori vositalari to‘g‘risidagi birinchi, etarlicha batafsil ma’lumotlarni esa miloddan avvalgi 1700 yillarda Qadimgi Misrda tuzilgan G. Ebers papirusidan olingan."Farmatsiya" atamasi yunoncha "farmakeia" – “dorilarni qo‘llash” so‘zidan olingan. Bu so‘zning kelib chiqishi esa tarixning yanada qadimgi davrlariga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Misrdagi tibbiyot homiylik qiluvchi ma’bud - Tom ibodatxonasining devoridagi suratlardan birida " far-ma-ki " so‘zi uchraydi. Bu saqlanganlik, umuman himoyalanganlik va ayniqsa kasalliklardan himoyalanganlik ma’nosini beradi. Shunday qilib, dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarga “farma-“ yoki “farmako-“ ildiz so‘ziga ega bo‘lgan nomlar berila boshlandi.