Qin ajralmalarining 4 xil reaksiyalari mavjud:
1. atrofik ajralmalar: bazal va para bazal to`qimalar, esterogen yetishmovchiligini ko`rsatadi.
2. oraliq bazal va parabazal to`qimalar kuchsiz esterogen miqdorining ko`pligi.
3. oraliq va yuza qatlam to`qimalari, esterogen miqdorining kamligi.
4. yirik yuza to`qimalarining piktonik yadrosi bilan sezilarli darajadagi esterogen mavjudligi.
Qin epiteliysi hujlarini hisoblash kariopiktonik test indeksiga asoslangan : yuza to`qimalar, piktonik yadro bilan birgalikda boshqa barcha to`qimalar nisbatiga teng. Sikl davomida u meyorda boshida va oxirida 20% sikl o`rtasida 70-80%gacha bo`ladi. Menstrual siklning 1-fazasi – 25-30%, ovulysatsiya 60-80%, 2-fazasi o`rtasi 25-30%.
Funksional diagnostika testlarining bazal temperaturasi.endometrini gistologik tekshirish (mensisdan 2-3kun oldin saqlanish siklida) onovulyatsiyada – qon ketish boshlanishi bilan. To`qima biopsiyasi va sitologik tekshiruv.
Biopsiya – mikroskopik tekshiruv uchun zarur bo`lgan tirik to`qimani olish.
A) Insizion yoki ekstizion – to`qimadan 1 parcha kesib olish
B) Mo`ljallangan – ko`lpo yoki giteraskop yordamida materiallarni yig`ish.
V) Punksion – punksiya yordamida materiallar olinadi.
Ahamiyati – bachadon bo`yni rak oldi holatini pastki jinsiy organ va qin kassaliklarini aniqlash. Materiallar scalpel yordamida bachadon bo`yinchasidan azgina kesib olinadi. Gemostaz – chok qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |