Oziq-ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish tadbirlari ushbu inshootdagi fuqarolar muhofazasi boshlig'i tomonidan tashkil qilinadi. Amalga oshiriladigan tadbirlar ustidan nazorat ishlarini fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati olib boradi.
Oziq-ovqat saroylari, omborxonalar, savdo-sanoat korxonalari va suv masalasi bilan shug'ullanadigan muassasalarda, oziq-ovqat mahsulotlari, oziqli xomashyolar va ichimlik suvini zararsizlantirish inshootlarida fuqarolar muhofazasi boshliqlari tomonidan uyushtirilib, inshootlardagi kuchlar (nazorat tizimi, zararsizlantirish guruhi va boshqalar) ishtirokida amalga oshiriladi. Zararsizlantirishga oid ishlar mahsulotning joyida yoki zararsizlantirish uchun maxsus tayyorlangan maydonlarda o'tqaziladi.
Zararsizlantirish usullari ikkita katta guruhga ajratiladi: I) tabiiy va 2) sun'iy.
Tabiiy usulda zararsizlantirish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi o'z holiga ma'lum muddatga tashlab qo'yiladi. Bu muddat ichida mahsulot o'z-o'zidan vaqt o'tishi bilan zararsizlanadi (radiofaol va kimyoviy moddalar parchalanadi). Bu usulni, oziq-ovqat mahsulotlari va suvga zudlik bilan ehtiyoj bo'lmagan holatlarda amalga oshirsa. nafi katta bo'Iishi mumkin.
O'z holiga tashlab qo'yilgan suv manbalari ustiga «Zararlangan» deb yozilgan taxtacha osib qo'yish mumkin va bu havzaning ustidan ko`zatuv va tahlil ishlari olib boriladi.
Bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari termik qayta ishlovdan o'tkazilishi kerak.
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA ICHIMLIK SUVINI SUN'IY USULLAR YORDAMIDA ZARARSIZLANTIRISH
Sanitar tekshiruvchi, radiofaol, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari va suvni zararsizlantirish haqida xulosa chiqarar ekan, zararsizlantirish yo'li va usulini ko'rsatishi kerak.
Oziq-ovqatlar turi, xili, navi, yangiligi, saqlanish sharoiti va muddati, ularga tushgan zaharlovchi moddalar guruhi, xili, miqdori, qaysi yo'llar orqali ifloslanganligiga qarab, 4 ta guruhga ajratilishi mumkin: 1) tanovul qilishga yaroqli; 2) ovqatlanish uchun shartli ravishda yaroqli; 3) odamlarning yeyishi uchun yaroqsiz; 4) oziq-ovqat mahsuloti tariqasida mutlaqo yaroqsiz.
Oziq-ovqatlarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish amallari ularning turlari (guruhlari), saqlanayotgan idishlari tavsifiga ko'ra quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) zich berqiladigan (germetik) idishlarni zararsizlantirish uchun
idishning sirti toza suv yoki dezaktivatsiyalovchi moddalarning
eritmalari bilan 3 marta artilib, keyinchalik cho'tka bilan yaxshilab
yuvib yuboriladi;
mahsulotlarni toza idishlarga ko'chirish;
oziq-ovqat mahsulotlarining zararlangan qatlamini olib tashlash;
suyuq mahsulotlar radiofaol moddalar bilan zararlanganda yo`za qismi to'kib tashlanadi;
yuqori harorat ta'sirida ishlov berish (kimyoviy moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda);
6) ultrabinafsha nur bilan ta'sir o'tqazish (bakteriologik vositalar bilan).
Keltirilgan usullarni alohida yoki kompleks holida qo'llasa bo'ladi.
Albatta, kompleks holidagi usulning samarasi aytarli darajada yuqori bo'Iishi mumkin. Usullarni tanlash, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanganlik darajasi va tavsifiga hamda ular turiga ko'ra amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy usullarda zararsizlantirilmaydi, chunki birinchidan, mahsulot sifati o'zgarishi mumkin (rangi, ta'mi va ularning oziqlik qiymatini keskin ravishda tushirib yuborishi); ikkinchidan esa, ular ko'pincha odam salomatligiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi. Usullarning ayrim mahsulotlar bo'yicha qo'llanishi:
qog'oz qopdagi un, shakar, yormalar va boshqa to'qiluvchan mahsulotlar yuqori qatlamlaridan forig' etiladi; matoli bir qavatli qoplardagi mahsulotlar silindr yordamida olinadi. Ayni maqsadda ishlatilishi kerak bo'lgan silindr diametri qop diametridan 4-5 sm kichikroq bo'Iishi kerak. Aks holda undan ushbu maqsadlarda foydalanib bo'lmaydi. Silindr yuqori qatlami olib tashlangan qopning ichidagi mahsulotga asta-sekinlik bilan kiritilib boradi va uning ichidagi mahsulot bosqichma-bosqich kurakcha yordamida olinib, boshqa toza idishga solinaveradi. Shu tariqa silindr tagiga 3-4 sm qolgunicha, tushirilaveradi. Bo'shagan qop esa, yo'q qilib yuboriladi yoki qayta sanitar ishlovidan o'tqaziladi. Qopdan olingan shakar, yaxshilab shamollatilib, 2 soat mobaynida obdan qaynatiladi (suvning shakarga nisbati 3:1);
makaron mahsulotlari va yormalar havoda o`zoq vaqt shamollatilgach, 4 karra ortiq miqdordagi suvda pishiriladi.
go'sht va baliqlar ko'p miqdordagi suv bilan yuviladi; suv qaynab chiqqach 2 soat mobaynida (bo'laklari 1 kg dan, yuqori haroratda pishiriladi; kolbasalar oldin yaxshilab suv bilan yuvilib, keyin po'sti shilinib olinadi;
sariyog', pishloqlarning yuqori qatlamidan 2-3 mm qalinlikda ustki qismi kesib tashlanadi;
qattiq yog'larning ustki qismidan 0,7-0,8 mm qalinlikdagi qismi kesib olib tashlanadi; 4 soat mobaynida suvda qaynatiladi (suv. qattiq yog'=4:1);
baliqlar tangachalaridan tozalanib, suvda 1,5-2 soat davomida qaynatiladi
sabzavotlar (lavlagi, sabzi, kartoshka, yangi o`zilgan karam, piyoz) va mevalar (olma, o'rik, shaftoli, olcha, gilos, anjir, anor, o`zum, jiyda) oldin shamolatiladi va keyinchalik ko'p miqdordagi suv bilan obdan yuviladi;
zararlangan shakarni quyuq sharbat holiga kelguncha yaxshilab qaynatiladi yoki murabbo, jem, povidlo, meva qaynatmalarf uchun pishirishga ishlatiladi.
Oziq-ovqatlarning radiofaol moddalar bilan zararlanganligini bilish uchun dozimetrik o'lchovlar amalga oshiriladi.
Oshxona idish-tovoqlari va asbob-anjomlar dezaktivatsiyalovchi eritmalar bilan artiladi, toza suvda yuvilib, qaynatiladi.
SUVNI ZARARSIZLANTIRISH
Suvni zararsizlantirish 3 xildagi usullarni bajarishni talab qiladi: 1 )dezaktivatsiya; 2)degazatsiya; 3)dezinfeksiya. Suvni dezaktivatsiya qilish usullari:
i onitlarni qo'llash (ion almashtiruvchi sun'iy mum) kationitlar va anionitlar - КУ-2, СБС, ЕДЕ-10 П, amberlit, permutit, daueks; ionitlar qatlamining qalinligi 40-50 sm boiib, suv dastavval kationit qavatdan, so'ngra anionit qatlamdan o'tqaziladi. Jarayon МАФС-6000 (7500) uskunasida amalga oshiriladi);
koagulyatsiya usuli (suvni koagulyatsiya qilib, tindiriladi va karboferrogel-M orqali o'tqaziladi; karboferrogel 2 tarkibdan iborat; 1) temir moddasining ishlatilgan to`zlari; 2) faollashtirilgan ko'mir; qo'llaniladigan uskuna - МАФС-6000;
xlorlash usuli (suv xlorlanib, tindirilib, ko'mirli so`zgich orqali o'tqaziladi; qo'llaniladigan uskuna-ТУФ-200. Mazkur uskuna orqali suv dezaktivatsiya qilinganida, ko'pincha suv xlorlanib, tindiriladi; zarur hollarda suv qo'shimcha ravishda koagulyatsiya jarayonidan o'tishi mumkin) (115-rasm).
Nomlari zikr etilgan uskunalar МАФС-6000(7500) avtoso`zgichlash uskunasi bo'lib, 1 soat mobaynida 6000-7500 litr suvni tozalab beradi; ТУФ-200 uskunasi esa, suvni soatiga 200 litrdan tozalash qobiliyatiga ega.
4) suvni tarkibiy qismlarga ajratish. Suvni degazatsiya qilish amallari:
qaynatish (suv chidamsiz fosgen, sinil (bodom) kislotasidan 1 -2 soat ichida tozalanadi);
sorbsiyalash - so'rib olish (ko'mir, torf, karboferrogel, taxta, ko'mir orqali o'tqazilib, МАФС-6000(7500), ТУФ-200, УНФ uskunalaridan so`zib olinadi;
kimyoviy sorbsion (suvga kimyoviy degazatsion moddalar (eritma holida) qo'shiladi va karboferrogel yoki faollashtirilgan ko'mir orqali o'tqaziladi.
Suvni dezinfeksiya qilish amallari:
1) qaynatish (+60°C gacha isitishni 15 daqiqa ichida - qisqa
muddatli pasterizatsiya deyiladi, +90°C gacha isitishni 10-30 daqiqa
ichida - me'yordagi pasterizatsiya; +100°C gacha qaynatish ham
pasterizatsiya hisoblanadi; bu paytda mikrojonzotlarning faqat
hayotiy (vegetativ) shakllarigina nobud bo'ladi; sterilizatsiya jarayoni
nafaqat hayotiy shakllardagi mikrojonzotlarni qiradi, balki spora
shaklidagilarni ham nobud qiladi; chunki sterilizatsiya jarayonidagi
ta'sir etuvchi omil harorati (suv) +120"C bo'lib, atmosfera bosimi esa,
1,5 ga teng bo'ladi;
2) xlorlash;
Odamlarning suvga bo'lgan ehtiyoji ko'p jihatdan mintaqa iqlim sharoitiga bog'liq bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zararsizlantirilgandan keyin, tibbiy xizmat mas'uliyatiga tushuvchi, bakteriologik, kimyoviy va radiometrik nazorat amalga oshadi. Mabodo, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanganlik darajasi mumkin bo'lgan me'yordan oshib ketmasa, u holda bunday mahsulotlarni tanovul qilish uchun ruxsat berish jarayonida, beriladigan yo'llanmaga va solingan idishi ustiga - R-RM yoki R-ZM; ularga R - ruxsat etildi; RM - radiofaol moddalar; ZM - zaharlovchi moddalar) yozib qo'yiladi. Bakteriologik vositalar bilan zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlari to'la-to'kis ravishda zararsizlantirilishlari kerak.
Zararsizlantirish amallaridan so'ng ham tanovul maqsadida ishlatilib bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi yoki yo'q qilib yuboriladi. Yeb bo'lmaydigan mahsulotlarni boshqa maqsadlarda qo'llash niyatidagi ishlov jarayoni mavjud bo'lgan ikqilamchi xomashyolarni qayta ishlaydigan yoki oldindan mo'ljallanib, kerakli uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalardagi ishchilar mazkur turdagi mahsulotlar bilan ishlash va xavfsizlik qoidalarini bilishlari zarur.
Fuqarolar muhofazasi rahbariyati (shtabi) oldindan zararlangan va yeb bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qaytadan boshqa maqsadlarda qo'llash uchun, korxonalarni ajratadi. Agar mahsulotlar qayta ishlovdan so'ng ham tanovul uchun yaramasa, u holda, ularni yo'q qilib tashlanadi.
Zararli oziq-ovqat mahsulotlarini yo'q qilish maqsadida, ular yo yoqib yuboriladi, yoki yerga ko'mib tashlanadi. Mahsulotlarni yoqish amali ataylab ajratilgan joylarda bajariladi. Yoqib bo'lmaydigan mahsulotlarni yer qa'riga 1,5 metr chuqurlikka ko'mishdan oldin, ularga neft, lizol, xlorli, oxak, kerosin, benzin, solyarka va boshqa moddalarga yaxshilab qoriladi. Qayta ishlash va yo'qotish zaruriyati bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, maxsus ajratilgan, usti yopiq, avtotransportlar orqali bajariladi. Bo'shagan avtotransport, sanitar ishloviga ro'para qilinadi.
Oziq-ovqat inshootining boshlig'i, zararli oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yoki yo'q qilish uchun ruxsatni bevosita rahbaridan yoki yuqoridagi fuqarolar muhofazasi rahbariyatidan (shtabidan) oladi.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini, zararsizlantirish, ularni qoidalar asosida tashish, saqlash, boshqa maqsadlarda qo'llash yoki yo'qotish jarayonlari ustidan nazorat amallarini olib bora.di. Ammo, savdo qilish va ovqatlanish xizmatining tinchlik va urush davridagi asosiy ko'radigan tadbiri, fuqarolar muhofazasining shaxsiy tarkibi va aholini ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan avaylab-asrash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanib qolmasligini oldini olishga qaratilgan bo'ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini himoyalash tadbirlari bo'yicha mas'uliyatni Respublika, Avtonom Respublika, o'lka, viloyat, vazirliklar, korxonalar tarmog'i, fuqarolar muhofazasi rahbarlari olib boradi. Ular, mazkur tadbirlarni rivojlantirib, ularni amalga oshirish maqsadida moddiy vositalar ajratib, ko'zda tutilgan amallarni belgilangan muddatlarda bajarilishini tashkil etadi.
Turli oziq-ovqat mahsulotlarini avaylab-asrash jarayoni asosan 3 xil yo'nalishda amalga oshiriladi:
tashkiliy tadbirlarni o'tqazish;
muhandislik-texnik choralarni ko'rish;
sanitariya-gigiyena amallarini bajarish.
Tashkiliy tadbirlar qatori quyidagi amallar ham bajariladi:
dushman hujumi xavfi bo'lgan davrda, oziq-ovqat mahsulotlarini shahardan tashqarida tarqoqlashtirish;
ovqat ishlab chiqarish inshootlari ishchilari va xizmatchilarini oziq-ovqatlar va ichimlik suvini himoyalash hamda ularni zararsizlantirish bo'yicha tadbirlarni o'tqazishga tayyorlash;
sanitar-epidemiologik muassasa, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh tahlilxonalarini; radiofaol va kimyoviy moddalarni hamda bakteriologik vositalarni aniqlash (indikatsiya), oziq-ovqatlarni va ichimlik suvini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlanganligi bo'yicha sanitar tekshiruvi (ekspertiza)ni amalga oshirish;
4) zararsizlantiruvchi vositalar jamg'armasini yaratish.
Muhandislik-texnik choralar quyidagi ishlarni bajarishga
mo'ljallangan
yangi oziq-ovqatli mahsulotlari omborxonalari, elevatorlar, go'shtxona majmualarini quris.h va esqilarini ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan himoya qila olish talablariga javob beradigan holat darajasiga keltirish maqsadida yaxshilab ta'minlash;
omborxonalar va ishlab chiqarish xonalarini zichlashtirish (герметизация), xonalarni samarali tozalash va zararsizlantirish uchun sharoit yaratish bo'yicha tegishli amallarga qo'l urish;
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida zichlashtirilgan uskunalar va idishlarni hayotga tatbiq etish;
suv olinadigan joylarni va suv quvurlari tizimlarini soz holida va ichimlik suvini saqlash maqsadida hajmiy (обёмные) idishlarni -xumlarni yaratish.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari quyidagi vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi:
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash, suv manbaalarini sanitar me'yorlar va talablarga raonand holda bo'lishini tashkil etish;
oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari joyini va xonalarini orasta tutib, o'z vaqtida tozalash;
oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari hududida hasharotlar va kemiruvchilarni qirish bo'yicha amallarni bajarish;
oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari ishchilari va xizmatchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi va jamoa ovqatlanish korxonalari, oziq-ovqatlarni texnologik va pazandalikning sanitar me'yorlari va qoidalarining jiddiy ravishda amalga oshirilishi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalardan himoyalanishini kafolatlovchi idishlarga joylashtirishga erishish zarur. Yuqori darajali quvvatga ega bo'lib, o`zoq muddat mobaynida saqlanishga mo'ljallangan mahsulotlarni zich (герметик) idishlarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, sifatli qotirilgan sut, baliq va go'sht mahsulotlari (seld, sardinalar, dudlangan go'sht va qazilar). Oziq-ovqat mahsulotlari shisha idishlar. metall xumlar (bochka), sisternalar, qonteynerlar, sovitkich xonalari, metalli bir butun yaxlamalarda ishonchli ravishda saqlanadi. Oddiy kartonli qutilar, yog'och xo'ppozlar, polietilen haltalar, oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol moddalar va bakteriologik vositalardan yaxshi saqlasa-da, kimyoviy zaharlovchi moddalarga nisbatan qarshilik ko'rsata olmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun usti yopiq transportlardan va zich berqiladigan qutilardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayni maqsadlarni amalga oshirish avtotransportli va vagonli refrejeratorlar, «un» tashish avtotransportlari tomonidan bajariladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli himoya qilish va shaxsiy oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun zich idishlar va o'rovlarning (упаковка) yangilarini zamon talablariga javob beradigan xillarini yaratish va ularni ishlab chiqarish jarayonini yo'lga qo'yish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shaxsiy oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi tahlil tekshiruvlaridan o'tmasligini inobatga olib, ulardan foydalanish uchun ularni zararlanmaganligiga to'la-to'kis ravishda ishonch hosil qilish kerak. Zararlangan va zararlanganlikka shubha qilingan oziq mahsulotlarining zahirasi, odatda yo'q qilinadi.
MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR
Mavzuni o'rganish borasida talabalar qo'lidan kelishi kerak:
bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqlar paydo bo'lganda tibbiy sharoitni baholash;
bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqqa barham berish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining kerakli miqdordagi kuchlari va vositalarini hisoblash;
radiofaol va zaharlovchi kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlariga, mustaqil ravishda tekshiruv natijalarining xulosasini berish;
bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqlarga nuqta qo'yish maqsadida o'tqaziladigan tibbiy tadbirlarni aniq o'tqazilishi jarayonida, shaxsiy mas'uliyatni anglab yetish sezgilarini o'zida tarbiyalash;
Mustaqil tayyorgarlik jarayonida talab qilinadi:
asosiy nazariy masalalarni aniqlash va nazorat savollariga javob berishga tayyor bo'lish;
daftarda «Radiofaol, kimyoviy moddalar va bakteriologik vositalar tomonidan oziq-ovqatlarni zararlanish darajasiga ko'ra guruhlarga ajrata bilish» chizmasini tushirish;
tushunish qiyin bo'lgan savollarni mashg'ulotlar paytida o'qituvchidan so'rab bilib olish uchun ularni aniq qilib ifodalash;
bakteriologik zararlangan o'choqni uyalash va yo'qotish masalalarini hal etish jarayonidagi ketma-ketligiga oydinlik kiritish.
Bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlarining xatti-harakatlari ketma-ketligi:
bakteriologik vositalarni qo'llanilganligini tasdiqlash;
aholini yo`zaga kelib chiqqan vaziyat bo'yicha ogohlantirish;
observatsiya va karantin tadbirlarini joriy etish;
bakteriologik ko`zatuvni, o'choqning epidemiologik tekshiruvini, atrof-muhit inshootlari va boshqa narsalardan namunalar olish va ularni sanitar-epidemiologik muassasaga yoki harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga yetkazish, namunalarning tahlili, qo'zg'otuvchi turini, bemorlarni, zararlangan hudud chegarasini faol harakatlar orqali aniqlash, ularni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish, yuqumli kasalga duchor bo'lganlar bilan muloqotda bo'lgan kishilarni ajratish;
hududni zararsizlantirish chora-tadbirlarini tashkil qilish va aholini to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tqazish;
tezkor nomaxsus muhofaza amallarini bajarish;
aholini oziq-ovqat mahsulotlari va dastlabki talabgor narsalar bilan ta'minlash;
sanitar-oqartuv ishlarini yo'lga qo'yish.
Oziq-ovqat mahsulotlari tekshiruviga taalluqli masalalarni hal etishda harakatlar ketma-ketligini aniqlab olish zarur.
Sanitar tekshiruv (ekspertiza) harakatining ketma-ketligini eslab qoling:
1) fuqarolar muhofazasi rahbariyatidan (shtabi) yadroviy, kimyoviy
va bakteriologik qurollar qo'llanilganligi haqida ma'lumotlarni olish;
2) oziq-ovqat mahsulotlari namunalarini tayyorlash;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish inshootlari, hudud va omborxonalarning tekshiruvi vaqtida bitilgan dalolatnomani talab qilish;
oziq-ovqat mahsulotlari miqdori, ularni saqlash, namunalar olingan joy, vaqti, namunalarni olishdan maqsad va soni (miqdori) ifoda etilgan yo'llanma qog'ozini olish;
oziq-ovqat mahsulotlarining tahlilini o'tqazish va ularning zararlanish darajasini aniqlash;
oziq-ovqat mahsulotlarini mumkin bo'lgan katta miqdorlarda radiofaol va kimyoviy moddalar bilan zararlanganliklari haqida ma'lumotlarga ega bo'lish;
zararsizlantirish imqoniyatlarini aniqlash (qaysi usulda, qanaqangi vositalar bilan);
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatish, zararsizlantirish, boshqa maqsadda qo'llash yoki ularni yo'qotish tartibini oydinlashtirish.