O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI KO'RSATISH



Yüklə 6,01 Mb.
səhifə80/123
tarix07.01.2024
ölçüsü6,01 Mb.
#208911
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
DASTLABKI TIBBIY YORDAMNI KO'RSATISH


1. Qon ketishini to'xtatish (49-53-rasmlar): jarohatni siqish; jarohatlangan tana qismini ko'tarib qo'yish; odamni cxaqlanchasiga yotqizish; boshini balandroq qilish; jarohatni siqib bog'lash; jarohatdagi jismga tegmaslik (vaziyatga ko'ra, agar shunday qilinganda qon oqishi kuchayib ketadigan bo'lsa); jarohatga steril taxlamma (salfetka), bint yoki toza mato qo'yish; jarohat qismi yurak sathidan balandroq bo'lishini ta'minlash; jarohatni bint bilan bog'lash va yopishqoq plastir yoki skoch yoxud to'g'nog'ich bilan mustahkamlash, ayni maqsadda ingichka rezinka xaqlachalardan, shisha idishlarga kiydiriladigan paralon turidan foydalanish; qo'l-oyoqlarni bog'lash, barmoq uchlarini ochiq qoldirish, chunki ular rangiga qarab, mazkur tana qismida qon aylanish jarayoni qay tarzda ketayotganini nazorat qilish mumkin bo'ladi; qon tomirlarni bosish nuqtalaridan foydalanish; qon tomiriga rezinka tasma - jgut bog'lash vaqti va yordam bergan kishi ismi-sharifini yozish; jarohatlanganni shifokorga ko'rsatish
Qon ketishini vaqtincha to'xtatish maqsadida, tasma - jgut qo'yish eng ishonchli va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Qon ketishini to'xtatishda 4 xil jgutdan foydalanish mumkin: 1) matodan buramali; 2) enli rezinasimon tasma; 3) esmarx - naysimon; 4) enli tasmasimon (54,55 - rasmlar).
To'qimalarning kamroq shikastlanishi uchun enli tasmasimon Jgutlardan foydalangan ma'qul. Qon ketish joyiga qarab qon to xtatuvchi jgut qo'ltiq osti sohasiga, yelkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki qismiga qo'yiladi.
B oldir sohasida yetarli yon-atrofda qon bilan ta'minlanish, darajada rivoj topmaganligi bois, bu joylarga jgut qo'yish tavsiya qilinmaydi.
Jgut quyidagi qoidalar aso­sida qo'yiladi:

  1. qon ketishini vaqtincha to'xtatish uchun tomirni barmoq bilan bosish;

  2. markaziy yaralar va unga yaqin teriga, jgut qo'yilishi lozim bo'lgan joyga kiyim yoki yumshoq matodan yostiqcha qo'yiladi, faqat uning burishgan, g'ijimlangan joylari bo'lmasligi kerak;

3) qo'1-oyoqlarda vena
qonining harakatlanishini ta'-
minlash uchun ular 20-30 sekund
mobayinida yuqoriga ko'tariladi:

  1. jgut o'ng qo'l bilan zanjirga yaqin yerdan ushlanib, chap qo'l bilan uni 30-40 sm o'rta qis-migacha ushlab turiladi;

  2. jgut qo'l bilan cho'ziladi va 1-o'rov aylantirib o'ralgandan keyin, 2-si uning o'rnini bosib tu-rishi lozim;

6) jgutning to'g'ri qo'yil- ganini bilish yaradan qon oqi- shining to'xtashi, tomir urishining g'oyib bo'Iishi, vena tomirlari- ning pasayishi, teri sathining oqarishi bilan aniqlanadi;

  1. jgutni qattiq tortib, uning qolgan qismi chirmoviq shakhda a'zoga qo'yilib, ilmoqcha zanjirga ulab qo'yiladi;

  2. jgutga yoki bemor kiyimiga jgut qo'yilgan vaqt-soat va daqiqasi yozib qo'yiladi:

9) jgut qo'yilgan tana qismi immoblizatsiya qilinadi yoki qo'l ostidagi narsalar bilan yaxshilab belanadi, jgut ustidan bint o'ralmaydi, u yaxshi ko'rinib turishi lozim;
10) jgut qo'yilgan bemor 1-galda ko'chiriladi.
Nekrotik (o'lish) o'zgarishlar xavfi avj olmasligi uchun a'zolarni jgut yordamida qonsizlantirish qisqartiriladi: yozda 0,5-1,0 soat, qishda esa 1,0-1,5 soat davom etadi. Shu boisdan shikastlanganlarni imqoniyat boricha tezlik bilan shifoxonaga yuborish shart. Agar ko'chirish ko'rsatilgan vaqtdan o`zaysa, u holda katta asosiy -magistral tomirni bosib turib, jgut yechiladi va yangi joyga qo'yiladi.
Uyqu arteriyasi shikastlansa, jgut yostiqcha ustiga qo'yiladi. Bu paytda qo'l bosh tomonga ag'darilib qo'yiladi. Jgut o'rnida dastro'molcha, ro'mol, sharf, kamer, bo'yintiriq, mato bo'lagidan foydalanilishi mumkin.


  1. Yüklə 6,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin