O`quv fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o`qitishdan maqsad – bo`lajak mutaxassislarga hozirgi davrda sodir bo`ladigan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning aholi sog`ligiga, xaql xo`jaligi ob`ektlariga, davlatning iqtisodiyotiga tasirini; radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik asboblar tuzilishini; jabrlangan aholiga o`z vaqtida turli xildagi tibbiy yordamni ko`rsatishni;davolash muassasalarini va tibbiyot xodimlarni doimiy shay holatda bo`lishini; yakka va umumiy muhofazalanish vositalarini tusnuntirish.
Fanning vazifalari: - Tibbiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni bilish;
- Favqulodda vaziyatlarda aholini o`z vaqtida muhofazalash mohiyatini bilish;
- Yakka va umumiy muhofazalash vositalaridan foydalanishni o`rganish;
- Ko`p sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar va ularningoqibatini bilish;
- Radiatsion va kimyoviy vaziyatlar sodir bo`lishi va oqibatini bilish;
- Fuqaro muhofazasi xabar signali berilganda to`g`ri harakat qilishni bilish;
- Aholini, ishchi-xizmatchilar favquloddagi vaziyat o`chog`laridan evakuasiya qilishning mohiyatini bilish;
- Jabrlanish o`choqlarida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni o`rganish;
- Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasining tibbiy xizmatida tibbiy yordam xillarini va kuch vositalarini bilish;
- Kuchli ta`sirlovchi zaharli moddalarni va undan himoyalanishni bilish.
- Epidemiyaga qarshi kurashuvchi Fuqaro muhofazasitibbiy xizmati kuchlari to`g`risida tasavvurlarga ega bo`lish.
I-mavzu: FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR MUHOFAZASINING HOZIRGI DAVRDAGI O`RNI VA VAZIFALARI. Mavzuning maqsadi va vazifalari Talabalarni hozirgi zamom fuqaro muhofazasi tamoyillari bilan tanishtirish. Favqulodda vaziyat sodir bo`lganda talabalarga mas`uliyatni his etishlariga o`rgatish .
Darsning o`tish joyi- Jihozlangan sinf va Fuqarolar muhofazasi shtablari
Darsning o`tisn usuli-amaliy mashg`ulot, tushuntirish,to`zilma shakllari
bilan tanishtirish