O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 6,01 Mb.
səhifə60/123
tarix07.01.2024
ölçüsü6,01 Mb.
#208911
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
Vazni, grammlarda

Soni, minglarda

1

100 dan ortiq

19 gacha

2

1000 dan ortiq

4 gacha

3

10000 dan ortiq

1 gacha

Meteoritlarning yerga tushishlari kuchli darajadagi portlash jarayonlari bilan kechadi. Bunday paytlarda, hosil bo'ladigan chuqurlikning (kraterning) diametri 10-70 km va undan ham kattaroq bo'lishi aniqlangan. Yerga tushgan meteoritlardan Tungus meteoriti ko'p muammolarni keltirib chiqargan. Uning bergan portlash quvvati kuchli bo'lib, taxminan 12,5 Mt trotil ekvivalentiga teng bo'lgan. Zarb to'lqini tufayli, maydoni 3885 km2 bo'lgan hududda vayronagarchiliklar vujudga kelib, daraxtlarning barchasi bir tomonga yonboshlab qolgan. Zarb to'lqinining ta'siri kometa tushgan joy dan 1000 km o`zoqlikdan ham sezilgan, degan ma'lumotlar mavjud.
Tabiiy ofatlarni ayrim guruhlarga ajratish, turli mamlakatlarda turli asoslarga ega bo'lishi yoki ushbu asoslarni turlicha sharhlash negiziga suyanib amalga oshiriladi. Bu borada, Rossiya va O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlariga nazar tashlansa bas, masalaga oydinlik kiritiladi Eslatma:

  1. Rossiya bo'yicha keltirilgan ma'lumotlar «Tabiiy va texnologik xususiyatli favquloddagi vaziyatlarni guruhlash» nomli. RF hukumatining 13.09.1996-y, № 1094 sonli qarori asosida berilgan ushbu qarori «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favquloddagi vaziyatdan himoyalash» nomli RF qonuni negizida ishlab chiqilgan;

  2. O'zbekiston Respublikasidagi «Texnogen, tabiiy va ekologik favquloddagi vaziyatlarni guruhlash» nomli Vazirlar mahkamasining 27.10.1998-yili № 1455-sonli qaroriga qilingan ilovadan olingan.

Tabiiy ofatlarning insoniyatga keltiradigan moddiy zararlari aytarli darajada katta bo'lganligi (masalan, Rossiyada har yili 110-140 trillion rubl) bois, mamlakatimizda ularni oldindan bashorat qilish va bo'Iishi mumkin bo'lgan salbiy asoratlariga chek qo'yishga qaratilgan talaygina e'tiborga sazovor chora-tadbirlar o'tqazilib kelinmoqda. Ayni maqsadlarda ob-havo, seysmik, mo`zliklar harakatini o'rganish muassasalarining tizimlari tashkil qilingan. Bular yordamida, ma'lum davriy jadvallar tuziladi. Shunga ko'ra, toshish xavfi bo'lgan daryolar atrofiga daraxtzorlar tashkil qilinadi. Sel ko'p uchraydigan hududlarda, to'g'onlar, qo'shimcha daryo o'zanlari barpo etiladi. Yo'l bo'ylariga suv toshqinlari va qor ko'chqilaridan saqlanish maqsadida beton devorlar, daraxtzorlar vujudga keltiriladi. O'zbekiston Respublikasining yer silkinishli hududda joylashgani bois, quriladigan imoratlar yer silkinishlariga bardosh bera oladigan, baquvvat qilib quriladi. Masalan, buning uchun barcha qurilayotgan imoratlar poydevori betondan, qavatlar orasi esa, seysmik choklar, seysmik belbog'lar bilan ta'minlandi. Bu borada yaponlarning tajribalaridan foydalanish mumkin.
Davlat tomonidan tabiiy ofatlarga nisbatan olib boriladigan harakatlar, ular tufayli vujudga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni nihoyat darajada kam bo'Iishi va ta'mirlash ishlarining yengillik bilan ko'chishiga olib keladi.
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga katta zarar keltiruvchi tabiiy ofatlarga katta falokatlar va talafotlar ham kiradi. Katta falokatlar deganda, transportlar va xaql xo'jaligining boshqa inshootlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarining to'satdan to'xtab qolishi yoki izdan chiqishi tushuniladi. Bunday falokatlar natijasida.
boyliklar va qimmatbaho narsalar shikastlanishi, yo'q bo'lib ketishi va hatto odamlarning shikastlanishi yoki nobud bo'lish hollari ko`zatiladi.
Talafotlar deganda, dabdurustdan yo`z beradigan hodisalar bo'lib, oqibatida fojiali holatlar (barbod bo'lish, vayronagarchilik, o'lim) namoyon bo'ladi.

Yüklə 6,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin