105-rasm. Saralash markalari.
Saralash jarayoni paytida zarar ko'rganlar 5 ta guruhga ajratiladi (105-rasm):
-
hayotiy ko'rsatmalari asosida dastlabki shifokor yordamiga ehtiyoj sezganlar (jarrohlik - bog'lov bo'limiga yo'llanma oladi);
-
o'zlari yura olmaydiganlar (shifo bo'limiga jo'natiladi);
-
DTYKG tomonidan tibbiy yordamga muhtoj bo'lmaganlar (ko'chirish xonalariga taqsimlanadi);
-
yengil shikastlanib yuradiganlar (bog'lov yoki ko'chirish xonalariga yuboriladi);
5) alohidalashga muhtoj bo'lganlar (ajrim xonalarga jo'natiladi): Qabul-saralash xonalarida shikastlanganlar va bemorlar ro'yxatga olinib saralanadi hamda dastlabki olingan tibbiy yordam kamchiliklari to'ldiriladi va ayrim hollarda (hatto qo'yilgan bog'lovlar yechilmaydi) dastlabki shifokor yordami ko'rsatiladi. Jarrohlik-bog'lov bo'limi hisobidan o'zi yura oladiganlarni saralash xonalarida, ular uchun bog'lov joyi tashkil etiladi. Shikastlanganlarni saralash-ko'chirish bo'limidan navbatga ko'ra shahardan tashqari hududga ko'chirish transport-saralash jarayoni asosida amalga oshiriladi.
O'zlari yura oladiganlar va zambildagilar uchun tayinlangan ko'chirish xonalarida quyidagi ishlar bajariladi:
-
kelganlarning umumiy ahvoli nazorat qilinadi;
-
kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordamlar beriladi;
3) shikastlanganlar uchun to'ldirilgan shaxsiy hujjatlar va ularning
ko'chirish pasporti to'liq to'ldirilganligi nazorat ostiga olinadi;
4) zarar topganlar ko'chirish amallariga tayyorlanadi.
O'zi yura oladiganlarni ko'chirish maqsadida ularni yoz oylarida ko'chalarda ajratilib maxsus jihozlangan maydonlarga joylashtiriladi.
QISMAN SANITAR ISHLOVINI BERISH, KIYIMLAR VA POYABZALLARNI DEZAKTIVATSIYA QILISH BO'LIMI
Mazkur bo'lim tomonidan ikkita maydoncha tashkil etiladi:
1) shikastlanganlar uchun (qish oylarda xonalarda) sanitar ishlovi
maydonchasi;
2) kiyimlar va poyabzallarni dezaktivatsiya qilish maydonchasi;
Bo'limni ochishda shamolning yo'nalishi inobatga olinib shartli
ravishda «ifloslangan» va «toza» qismlarga ajratiladi.
Jarrohlik bog'lov bo'limi quyidagi bo'limchalarga ega bo'Iishi mumkin:
1) bitta jarrohlik bo'limi faoliyat yuritishi uchun 2-3 ta kushetka
va jarohatoldi xonasi bilan;
-
2 ta jarrohlik guruhi faoliyat yuritishi uchun og'ir jarohatlanganlar uchun 5-6 ta kushetka;
-
bitta shifokor guruhining ishlashi uchun bog'lov xonasi (saralash ko'chirish bo'limida tashkil qilinadi);
4) 60-80 ta karaxt bo'lganlar uchun karaxtga qarshi xonalar;
Bo'limning shaxsiy tarkibi jarrohlik guruhiga aylantiriladi. Har bir
guruh: jarroh-shifokor, jarrohlik hamshirasi, ikkita bog'lov hamshirasi, tibbiy ro'yxatga oluvchi va 2 ta kichik hamshiralardan iborat.
Karaxtlikka qarshi xonani jarrohlik xonasiga yaqinroq joylashtirish zarur, chunki karaxt holidagi shikastlanganlar jarroh nazorati ostida muntazam ravishda bo'lishlari lozim. Bu paytda olib boriladigan davolash muolajalari shifokor tavsiyasiga ko'ra hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
Zambildagilar uchun mo'ljallangan bog'lov xonasida bo'shliqlar jarrohligidan tashqari jarrohlik amallari: navokain to'sig'i, traxeyaning og'ir darajadagi bo'g'ilishlarida - traxeyatomiya, transport immobilizatsiyasi, teri mushak kesimida osilib turgan qo'1-oyoqlarni kesib tashlash, peshob pufagini sanchib teshish (punksiya) kabi amallar bajariladi.
Yura oladiganlar uchun mo'ljallanadigan bog'lov xonasi odatda 1 ta kushetkaga mo'ljallangan bo'ladi. Ushbu xonadagi yura oladiganlarni ko'ruvdan o'tqazib, shikastlanganlarga bog'lov qo'yilib qotirilib, antibiotiklarni, qoqshol va gazli qorasonga (gazovaya gangrena) qarshi zardoblar shikastlanganlar badaniga kiritiladi. Ushbu bog'lov xonasida tajribali hamshira ishlashi kerak. DTYKGda jarohatlarga nisbatan ishlov amallari bajarilmaydi.
Shifoxona bo'limi kamida 3 ta ochiq va 2 ta ajrim xonalarga ega bo'ladi. Ochiq xonalarga tubandagilar kiradi:
1) yura olmaydiganlar (jarrohlik muolajalaridan keyin va to'rtinchi darajali nurlanish kasali borlar);
2)ko'zi yoriganlar;
-
yuqumli kasallik bilan og'riganlar;
-
asab-nevrologik kasallar;
-
o'lim talvasasidagilar (agoniya holatidagilar);
Shifo bo'limida yura olmaydigan bemorlarni vaqtincha joylashtirib davolash muolajalari amalga oshiriladi. Shifoxonada bir kecha-kundo`zdan ortiq yotib qolganlarga fuqarolar muhofazasi dastlabki tibbiy shaxsiy hujjatining orqa tomoni to'ldiriladi.
Yuqumli kasalliklarni alohidalash xonasi 2 xil usulda: havo-tomchi va me'da-ichak yo'li kasalliklariga tarmoqlanadi.
Asab-nerv tizimi keskin ravishda izdan chiqqan bemorlarning xonasida tinchlantirish vositalari va ularni kezi kelganda zambillarga taxtakachlash uchun va zarur maqsadlarda ishlatiladigan narsalarning bo'lishi ko'zda tutiladi.
Ajrim xonalarni ochish paytida ularni shikastlanganlarning asosiy oqimidan chetroqda bo'lishini oldindan hisobga olish kerak. Mazkur xonalardagi kimsalar ularni ko'chirish uchun lozim bo'lgan ko'chirishning dastlabki imqoniyatlari vujudga kelgunicha ularni ushbu sohaga aloqador shahardan tashqarida joylashgan shifo muassasalarida ushlab turiladi.
Tug'ruqxona zararlangan o'choqlarda turli sabablarga ko'ra bevaqt suv ketishi boshlangan homilador ayollar uchun mo'ljallangan. Tahlil bo'limi shifokor bo'limiga yaqin masofada tashkil qilinadi. Uning majburiyatlari:
-
DTYKG manzilgohini dozimetrik nazorat qilish;
-
qon va peshobning sodda klinik tahlillarini o'tqazish;
-
kelayotgan shikastlanganlarni dozimetrik ko'rigidan o'tqazish;
-
zararlanganlarga qisman beriladigan sanitar ishlovini dozimetrik tekshirish;
-
kiyimlarning nurlantirish bilan zararlanganligini maxsus asboblar yordamida aniqlash va dozasini o'lchash;
Dorixona: kamida 6 ta xonaga ega bo'lishi ko'zda tutiladi:
1) talabnomalarni qabul qilish va dorilarni tarqatish (retseptura
xonasi);
-
badanga yuboriladigan suyuqliklarni tayyorlash;
-
dori vositalarini tayyorlash uchun;
-
suvni sterilizatsiya qilish uchun;
-
idish-tovoqlarni yuvish uchun;
6) moddiy xona (tibbiy anjomlarni saqlash uchun);
Retseptura - assistenlik, kubli va yuvish xonalarni bir-biriga
qo'shishga ruxsat beriladi.
Aptekada kamida 4 ta xona bo'lishi zarur. Moddiy bo'lim DTYKGni moddiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bo'lib, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
-
bo'limlarni tibbiy jihatdan ta'minlash;
-
inshootlarda xizmat qilayotgan SGni tibbiy anjom bilan to'ldirish;
-
zarar ko'rgan o'choqlarda saqlanib qolgan tibbiy anjomlarni va ularning zahiralarini vujudga keltirish;
-
belgilangan hisobot va hisob-kitobni olib borish;
-
yetishmaydigan mol-mulklarni olish uchun talabnomalarni o'z vaqtida topshirish;
-
DTYKGda tibbiy anjomning sartlanishi va saqlanishini nazorat qilish
Xo'jalik bo'limi quyidagi masalalarni hal qilishi zarur:
-
DTYKG uchun ajratilgan binolarni tartibga keltirish;
-
elektr manbalarini ishga solish;
-
guruh bo'limlarini ochishda ko*maklashish;
-
qo'shimcha sanitar xo'jalik mollari va jihozlarini axtarib topish;
5) DTYKG va shikastlanganlarni suv va oziq-ovqat bilan
ta'minlash, almashtiriladigan kiyim-kechaklar zahirasini yaratish;
-
avtotransportlarni yoqilg'i moylash vositalari bilan ta'minlash;
-
DTYKG oiganlarni ko'mishni tashkil etishi;
-
halatlar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalarni yuvish;
-
ayrim og'ir va murakkab bo'lmagan yumushlarni bajarish jarayoniga shahardan tashqariga ko'chirilguncha yengil zararlanganlami jalb qilish;
DTYKGdan shikastlanganlarni ko'chirish masalasi fuqarolar muhofazasi tomonidan ajratiladigani transportlar orqali amalga oshiriladi.
KIMYOVIY ZARARLANISH O'CHOG'IDA DASTLABKI TIBBIY VA DASTLABKI SHIFOKOR YORDAMINI TASHKIL ETISH JIHATLARI
Zamonaviy zaharlovchi moddalar qo'llanilgandan so'ng qisqa vaqt ichida odamlarni shikastlash xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat o'ta qisqa muddat ichida katta hududlarda shikastlanganlarga tibbiy yordam berishni taqozo etadi.
Jarayonda kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqda ishlaydigan tuzilmalar albatta teri va nafas yo'llarini himoya qilish uchun qo'llaniladigan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishadi. Himoya vositalarida faoliyat olib borish bajariladigan ishni murakkablashtirib yuboradi.
Zamonaviy zaharlovchi kimyoviy moddalarning salbiy ta'siri (ayniqsa nerv-shol mavjudligi) yuqori darajaligi bois dastlabki tibbiy yordamning ahamiyati keskin ravishda ko'tariladi. Bunday yordam o'z-o'ziga va bir-biriga o'zaro yordam ko'rinishlarida o'z ifodasini topadi. DTYKG shikastlangan o'choqqa zudlik bilan kiritilib qisqa vaqt orasida bemorlar xojatini chiqaradi. Sanitar guruhlarning zararlangan o'choqqa kirishi tuman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati rahbari tomonidan tashkil qilinadi. Mazkur sharoitda SGlari havotozalagichlar va terini himoyalash vositalaridan foydalanishlari lozim. Fosfororganiq zaharlovchi moddalar qo'llanilgan taqdirda esa havotozalagichni kiyishdan oldin shaxsiy doridondagi unga qarshi dorining 1-2 tugmachasini ichish kerak.
Zararlangan o'choqqa SGning tarkibiy qismlari tashrif buyurishidan oldin quyidagi ma'lumotlardan xabardor bo'Iishi shart:
-
qo'llanilgan zaharlovchi moddalar;
-
ishlash joyi va tartibi;
3) sanitar guruhlari o'choqda qaysi tuzilmalar va ular bilan qanday
masalalar bo'yicha hamjihatlik qilishi;
4) faoliyat olib borish vaqti;
5) qaysi joylarda shikastlanganlarni transportlarga o'tqazishning
amaliy bajarilishi;
-
o'choqdan chiqish joyi;
-
to'liq sanitar ishlovidan o'tish;
SG boshlig'i vazifalarini aniqlab himoya kiyimlarini va havotozalagichlarini to'g'ri kiyilganligini tekshiradi va so'ngra o'choqda ishlash ko'rsatmasini beradi. Shundan so'ng SGlari shikastlanganlarni topish, ularga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishga o'tadi.
Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganda o'choqda dastlabki tibbiy yordamning asosiy tadbirlari quyidagicha bo'Iishi mumkin:
1) zaharlovchi moddaga qarshi dori qo'llash;
-
betga qisman sanitar ishlovi (agar zaharlovchi modda tushgan bo'lsa) berish;
-
havo tozalagichni dahan tagidan boshning orqa tomoniga tortish (kiyish);
-
tananing ochiq qismlari: qo'llar va bo'yinni qisman sanitar ishlovdan o'tqazish;
5) zararlangan odamni ifloslangan o'choqdan olib chiqish;
6) bo'g'ish xususiyatli zaharli moddalar bilan shikastlangandan
tashqari, sun'iy nafas oldirish.
Qo'shimcha: 106-111-rasmlar.
BO'G'UVCHI MODDALAR QO'LLANILGANDA SUN'IY NAFAS OLDIRISH MAN ETILADI
Shikastlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilgach, ularni o'choqdan zudlik bilan olib chiqish choralarini ko'rish shart. Ayni maqsadda, ularni mavjud yoki yetib kelgan transportlarga o'tqazish
Dostları ilə paylaş: |