4-masala. Radiofaol zararlangan hollarda ishchilar, xizmatchilar va sog'liqni saqlash inshootlari (fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati muassasalari) ishini himoyalash tartibini aniqlash.
Xaql iste'moli mollarini ishlab chiqarish inshootlari va fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati muassasalarining bajaradigan vazifalariga ko'ra, ma'Ium ishlash va himoyalanish tartiblari belgilanadi. Radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarda ishlash odamlarning tartibi va xatti-harakatlarining shakllari inshootlardagi va muassasalardagi fuqarolar muhofazasi shtablari tomonidan tinchlik davrida ishlab chiqiladi. Bu kabi masalalarni hal etish paytida himoyalanishning o'rtacha koeffitsiyenti hisobga olinadi, chunki u qurilmalar, imoratlar. berkinchoqlarning odamlarni ularda bo'lish vaqtiga ko'ra, ionlovchi nurlanish dozasi quvvatining o'rtacha susaytirish ko'rsatkichidir.
Odamlarni himoyalash o'rtacha kecha-kundo`zgi koeffitsiyenti quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi:
24
S =
(T +
к, к2 kn
bu yerda: T - odamlarni zararlangan joyda 1 kecha-kundo`z mobaynida bo'lgani soatlar bilan belgilanadi;
T,, T„ TN - odamlarning berkinchoq. imorat va yashirin joylarida bo'lgan vaqtlari (soatlarda);
k,, k:. kn - odamlar kirib olgan berkinchoqlar. imoratlarning ionlovchi nurlanishni susaytirish darajasi.
Dastlabki ma'lumotlar: Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati shifoxonasi hududida portlash yo`z bergandan keyin 1 soat o'tgach, ionlovchi nurlanish dozasining quvvati 250 Rentgen/soatga teng. Shifoxonaning barcha xodimlari va bemorlar uchun radiatsiyaga qarshi susaytirish darajasi 50 ga teng bo'lgan yerto'la jihozlangan. Shifoxona ishlashi uchun taxminan 2 shakldagi ishlash tartibi mo'ljallangan: 1-o'rtacha keeha-kundo`zgi himoyalanish koeffitsiyenti 6 ga, 2=si esa, 8 ga teng.
Talab qilinadi: agar shikastlanganlarni qabul qilish jarayonini 14 soat mobaynida kechiktirilsa, xodimlar va bemorlarni yerto'la sharoitida qancha vaqt mobaynida saqlash va qaysi bir ishlash tartibi shakli tanlanadi.
Y e с h i s h: xodimlarni yashirin vaqti 21 -jadvaldagi ma'lumotlar asosida aniqlanadi.
Ionlovchi nurlanishning portlagan jarayonidan 1 soat o'tgan vaqtdagi dozasining quvvati bo'lmish, 250 Rentgen/soatni ionlovchi nurlanish dozasining quvvatini susaytirish koeffitsiyenti 6 bo'lgan raqam bilan kesishgan nuqtasi topiladi. Ushbu son 16 soatga teng. 8 ga teng bo'lgan himoyalanish koeffitsiyenti ishlatilganda 250 R/soat bilan 8 ning kesishgan nuqtasi 8,5 soatni tashkil etadi. Ayni nuqtadagi 8,5 soat, shifoxona xodimlari va bemorlarni yerto'lada ushbu vaqt mobaynida yashirish mumkinligini ko'rsatadi. Chunki radiofaol moddalar bilan shikastlangan joydan kelayotgan odamlarni 14 soatdan oshmagan vaqt davomida qabul qilish mumkin. Shuning uchun shifoxonaning ishlash tartibi 2-shaklga ko'ra amalga oshiriladi.
Mabodo shifoxonalar ixtiyorida radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarning ionlovchi nurlanish dozasi quvvatini susaytirish qobiliyati boshqacharoq bo'lgan taqdirda ham 21-jadvaldagi ma'lumotlar asosida hisoblash ishlari olib boriladi. Albatta, bunday hollarda olingan natijalar ham yuqorida keltirilgan masaladagi raqamlardan farq qilishi mumkin.
Ishchi va xodimlarni hamda bemorlarni himoya inshootlarida qancha vaqt bo'lishlarini nafaqat yuqorida keltirilgan tenglamalar va jadvallardan foydalangan holda, balki fuqarolar muhofazasining hisoblash chizg'ichlari yordamida ham aniqlash mumkin.
Odamlarning, susaytirish koefitsiyentlari K=25-50 bo'lgan berkinchoqlarda (ko'p qavatli imoratlar, 1 qavatli g'ishtli binolarning yerto'lalari, usti yopilgan tirqish va h.k.) yashirinish vaqtining muddati
Dostları ilə paylaş: |