O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
 
 
 
 
 
 


Axborot uchun ma’lumot 
 
Ich terlama (qorin-tifi) - isitma bilan kechuvchi og’ir kasallik bo’lib, 
bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, jigarning, taloqning kattalashishi va ingichka 
ichak limfoapparatlarining faoliyatlari buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Qo’zg’atuvchisi salmonella guruhiga mansub S. Typhi abdominalis. Tashqi 
muhitda juda chidamli, fizik va kimyoviy ta’sirlarga ham chidamli. 2 ta antigeni, 
ya’ni somatik 0 antigen va xivchinli N antigenlari bor. O antigenga qo’shimcha 
antigeni ham mavjud bo’lib, u virulentlik (Vi) antigeni deb ataladi. Xivchinlari 
bo’lib, ular yordamida harakatlanishadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gramm 
manfiy, hamma anilin bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Tuproqda - 2-3 oy, suvda - 2 
haftagacha va undan ortiq, oziq-ovqat mahsulotlarida - bir necha haftagacha, meva 
va sabzavotlarda - 10 kungacha saqlanishi mumkin. Qorin tifidan o’lganlarda 3-4 
haftadan keyin ham bakteriyalar ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Dezinfeksiyalovchi 
vositalar yuqori konsentratsiyada bo’lganda ta’sir qiladi. 
Respublikamizda oxirgi 20 yilda qorin tifi va paratif kasalliklari kamayganligi 
kuzatiladi. Qorin tifi bilan kasallanish ko’rsatkichlari 2 martaga kamaygan. Biroq 
so’nggi vaqtlarda ba’zi viloyatlarda qorin tifi kasalligining o’sayotganligi 
kuzatilayapti, jumladan o’sish ko’rsatkichlari Toshkent, Jizzax va Samarqand 
viloyatlarida qayd etilgan. 
Kasallik qo’zg’atuvchisining manbai - kasal bo’lgan odam (rekonvalessentlar, 
bakteriya tashuvchilar), paratif V da esa hayvonlar va qushlar ham infeksiya 
manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin. 
Bemorlar qo’zg’atuvchilarni butun kasallik davrida ajratadilar, ayniqsa, 
dastlabki 2-3 haftada ko’p ajraladi, temperatura pasaygach, ya’ni 14 kunlardan 
keyin bakteriya ajratish to’xtaydi. Rekonvalessensiya davrida ko’pgina odamlar 
qo’zg’atuvchilardan xalos bo’ladilar, lekin bundan keyin ham ayrim odamlarda 
kasallik qaytalanishi mumkin, 10-15% rekonvalessentlar o’tkir (3 oygacha), 3-5% 
kishilar surunkali (3 oydan ko’proq) tashuvchi bo’lib qoladilar. 
Bundan tashqari tranzitor tashuvchilik ham bor. Bunday tashuvchilik 
immuniteti mustahkam yoki kasal bo’lib o’tgan odamlarda bo’lishi mumkin. 
Bunda qo’zg’atuvchi faqatgina najasda aniqlanadi. Safro yoki siydikda bir marta 
aniqlansa ham unday shaxslar surunkali tashuvchi hisoblanadilar. Shuni ta’kidlab 
o’tish kerakki, hozirgi paytda ich terlama qo’zg’atuvchilarini surunkali tashuvchi 
shaxslar epidemik jarayon saqlanib turishida va qo’zg’atuvchining biologik tur 
sifatida saqlanib turishida katta rol o’ynaydilar. 
Ich terlama antroponoz kasallik bo’lib, bu kasallikka qarshi chora-tadbirlar 
Respublika SSVining 1993 yil 23.06 da tasdiqlangan 292-sonli buyrug’i - 
"O’zbekistonda qorin tifi va paratiflarni yanada kamaytirish chora-tadbirlari" 
asosida olib boriladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin