O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 


Biogelmintozlar 
1. Opistorxoz, klonarxoz, metagonimoz, kanafietoz, paraganimoz, 
difillabotrioz, fassiolyoz. Bu gelmintozlarga tekshirish baliq tutish bilan 
shug’ullanuvchi kolxoz va sovxoz ishchilari va ularning oilasi, baliqni qayta 
ishlash zavodi ishchilari va ularning oilalari, o’rmonchilik uchastkasi ishchilari 
o’rtasida har yili o’tkaziladi. Shifoxonadagi va ambulatoriyadagi bemorlarni esa 
klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruv usullaridan Kato usuli ko’proq 
qo’llaniladi. 
2. Exinokokkoz va alveokokkoz. Ovchilar va ularning oilalari, veterinariya 
ishchilari, itlar bilan Shug’ullanuvchilar, hayvonot bog’i ishchilari, qo’riqxona 
xodimlari, cho’ponlar tekshiriladi. Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik va 
epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha, qolganlari esa 3-5 yilda I marta tekshiriladi. 
Tekshirish usullari: serologik, (RNGA) lateksagtlyutinatsiya reaksiyasi. 
3. Teniarinxoz Tekshirish hayvonotchilik xo’jaliklarida ishlovchilar, ferma 
ishchilari va ularning oilalari, go’sht kombinati ishchilari, oshpazlar o’rtasida, 
yilda 1 marta o’tkaziladi. 1% va undan yuqori zararlanish bo’lgan aholi punktlarida 
har yili 20 %dan kam bo’lmagan odamni gijjaga tekshirish kerak. Shifoxona va 
ambulatoriya bemorlari esa klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi. 
Tekshirish usullari: 
a) aholidan so’rab bilish usuli, ya’ni gijjalar (proglottidlar) ajralayotganligini 
so’raladi. Kato usuli. 
6) hayvonotchilik xo’jaliklari ishchilari, go’sht kombinati, oshpazlarni so’rash 
va anal teshigi atrofidan qirma olib tekshirish va Kato bo’yicha tekshirish. 
4.Tenioz. Tekshirish cho’chqachilik xo’jaligi ishchilari va ularning oilalari, 
umumiy ovqatlanish korxonalari ishchilari o’rtasida yilda 1 marta o’tkaziladi. 
Epidemik o’choqda yashovchilar epidemik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi (tenioz 
topilgan o’choq). 
Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik ko’rsatma bo’yicha, ya’ni ularda 
dispeptik holatlar, parazit bo’laklarining ajralishi, miya o’smasi, ensefalit, 
epilepsiya, demensiya kabilar kelib chiqqanda tekshiriladi. 
Tekshirish usullari: Perianal qirma usuli, so’rab bilish, Kato usuli, erkak 
paporotniklar diagnostik degelmintizatsiya usullari (klinik ko’rsatma bo’yicha). 
Bundan tashqari RNGA usuli ham qo’llaniladi. 
5. Trixinellyoz. Tekshirish epidemik va klinik ko’rsatma bo’yicha bemorlarni 
va trixinella bilan zararlangan cho’chqa, ayiq go’shti yeb qo’ygan odamlar ichida 
o’tkaziladi. 
Tekshirish usullari: Serologik RNGA BI EM antigeni bilan, klinik ko’rsatma 
bilan mushaklar biopsiyasi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin