O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Bezgak kasalligini aniqlash uchun



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Bezgak kasalligini aniqlash uchun 
laboratoriya tekshirish usullari 
1. Yupqa surtma usuli. 
Surtma kasal odamning barmog’idan olingan qon tomchisidan tayyorlanadi. 
Qon olishdan oldin to’rtinchi barmog’ining uchi spirt bilan yoki efir bilan 
yaxshilab artiladi va quritilib, pastrog’idan mahkam siqib ushlanadi, sterillangan 
nina yordamida (Frank ninasi, oddiy nina, po’lat pero) ishlatiladi. Nina sanchilgan 
joydan chiqqan birinchi tomchi qonni spirt yoki efir bilan namlangan paxta 
yordamida artiladi va keyingi tomchini predmet oynachasiga olinib, ikkinchi 
oynacha yordamida birinchi oynaning yuzasiga tekis qilib yoyib chiqiladi. Keyin 
surtma havoda yoki olov ustida quritiladi. Surtmani qotirish uchun Nikiforov 
qorishmasida 15 daqiqa, metil spirtida 3 daqiqa ushlab turib quritiladi. 
Surtma Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yaladi: Romanovskiy-Gimza 
bo’yog’ining - tarkibiga azur, eozin va metilli ko’k qorishmasi kiradi. 
10 ml. distillangan suvga (RN-0,8) bo’yashdan oldin 10 tomchi 
Romanovskiy-Gimza bo’yog’i qo’shiladi va Shunda qotirilgan surtma 1 soat 
davomida ushlab turiladi. 1 soat o’tgandan so’ng bo’yoq solingan idishdan olinib 
yuviladi, toza suvda va havoda quritiladi. Quritilgandan so’ng esa mikroskop 
yordamida tekshirib ko’riladi. 
2. Qalin tomchi usuli. 


Qalin tomchi usuli yupqa surtma usulidan tekshirilayotgan qonning hajmi 
bilan farq qiladi. 
Qalin tomchi usuli bilan tekshirish quyidagicha olib boriladi: 
Predmet oynachasiga katta qon tomchisi tomiziladi yoki 2-3 mayda 
tomchilarni bir-birining ustiga tomiziladi. Oynadagi qalin tomchini ikkinchi oyna 
qirrasi bilan yoki shisha tayoqcha yordamida predmet oynasiga qalin qilib yoyiladi 
va qotirmasdan quritishga qo’yiladi. Yo’g’on tomchi surtmasi quritilayotgan 
vaqtda Petri kosachasi ostida quritilishi kerak, chunki unga har xil mayda 
hashoratlar qo’nib ifloslashi mumkin. Yaxshilab quritilgan surtmaga 2-3 tomchi 
distillangan suv tomizib 10-20 daqiqaga qoldiriladi va undan so’ng Romanovskiy-
Gimza bo’yog’iga 1 soatga solib qo’yiladi. Bir soat o’tgandan so’ng bo’yoqdan 
chiqarib olib suvda yuvmasdan mikroskopda qaraladi. Mikroskop ostida parazit 
qobig’i yaqqol qizg’ish-ko’k rangda ajralib ko’rinadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin