qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki
u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklarning oldini olishga
qaratilgandir.
Turli mualliflar epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini,
uning tarkibiga, har bir qo’llaniladigan tadbirlarning yo’nalishiga va bo’lingan
guruhlarga asosan qo’llaydilar.
Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tarkibiga, ba’zida turli
epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar tavsiya qilingani tufayli
epidemiologik diagnostika yoki epidemiyaga qarshi kurashishni boshqarish ham
epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi.
Shunday qilib, epidemiyaga qarshi qaratilgan diagnostik yo’nalishlar
quyidagicha: sanitariya-epidemiologik kuzatishlar, epidemiologik tahlil
(retrospektiv va operativ), epidemiya o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik
tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora-
tadbirlarni rejalash, sanitariya va epidemiologiya muassasalari va
mutaxassislarining ish sifatini aniqlash.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning mazmuni, guruhi asosiy ahamiyatga
ega. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval).
10-jadval
Dostları ilə paylaş: