O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Ba’zi yilardagi kasallanishlarning o’sish sur’atini oylar bo’yicha tahlili



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Ba’zi yilardagi kasallanishlarning o’sish sur’atini oylar bo’yicha tahlili 
Ba’zi oylardagi kasallanishlarning o’sish sur’atini oylar bo’yicha baholash, 
bir xil mediana chiziqlari bilan ishonchli diagrammalarni taqqoslash usuli bilan 
amalga oshiriladi. Buning uchun diagramma tekshirilayotgan yildagi bir xil 
mediana chiziqlari tushiriladi. 


 
 
Epidemik jarayonning ko’rinishlariga qarab kasallanishlarning yil va
oy davomidagi ulushini o’rganish 
Aniq bir yilning ma’lum oyidagi birdan paydo bo’ladigan kasallanishlarning 
darajasi va ulushini aniqlash uchun kasallanishning mavjud ko’rsatkichlaridan 
tashqari, ularning ikkita miqdoriy alomatlaridan, ya’ni yil davomidagi 
kasallanishning yuqori chegaraviy klimatlaridan foydalaniladi. 
Epidemik jarayonlarni namoyon bo’lishidagi mos ko’rinishlar sonining 
yig’indisini aniqlash yo’li bilan har bir aniq yil uchun ularning jamini aniqlash 
mumkin. Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi shakliga qarab, kasallanishning 
oylik va yillik o’sish sur’atini foizlarda ifodalash mumkin. Buning uchun aniq bir 
davrdagi mavjud umumiy ko’rsatkichni 100% qilib olinadi, namoyon bo’lish 
shakliga qarab kasallanishning ulushi foizlarda tizimga sektor yoki pog’ona 
ko’rinishidagi diagrammalarda ifodalanishi mumkin. 
Epidemiologik belgilar bo’yicha aholi kasallanishini tahlil qilish uslubi 
Yuqumli kasalliklar davriylik jadalligi epidemik jarayon profilaktika va 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga bog’liq. Kasallanishning davriy jadalligi 
hududlar bo’yicha va aholining har xil guruhlari bo’yicha farq qiladi. Kasalliklarni 
o’zgarish sabablarini o’rganish asosan, xavfli omillarni tahlil qilish, kasallanishga 
bog’liq bo’lgan sabablar haqidagi farazlar tuzish har xil sharoitlarga bog’liq. 
Kasallanish bilan bog’liq bo’lgan sabablar epidemiologik uslublar yordamida 
o’rganiladi, sharoitlarning o’zgarishi esa statistik uslublar bilan o’rganiladi va bu 
uslub miqdor va sifat jihatidan xarakterlanadi. Epidemik jarayonda kasallanish 
jadalligini o’rganish faqat xavfli omillarga emas, balki alohida aholi guruhlariga 
yoki joyga o’sha yerning shart - sharoitlariga ham bog’liq. O’sha aholi guruhi va 
joyini aniqlash bu epidemik jarayonni o’rganishning asoslaridan biridir. 
Kasallanishlarni o’rganishda xavfli omillarni, sabablarni o’rganishdan tashqari, 
profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini ham 
o’rganishda korrelyacion, dispersion va regression usullardan ham foydalaniladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin