O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Sanitariya-epidemiologik nazorat



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Sanitariya-epidemiologik nazorat. 
Malakali o’tkazilgan sanitariya-
epidemiologik tahlil vaksinaprofilaktikaning samaradorligi va o’tkazilgan 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni baholashning ajralmas sharti bo’lib 
hisoblanadi, bu tahlil o’zida ayrim kichik uchastkalarda, ayniqsa kasallanish 
bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash 
joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta 
ishlashni nazarda tutadi. 
Ich terlama, paratif A va V bo’yicha oxirgi besh yil ichidagi kasallanishlar 
alohida-alohida tahlil qilinadi va kasallanganlarning yoshi, jinsi, kasbi, 
mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z 
ichiga oladi. 
Har bir o’choq epidemiolog-vrach tomonidan tekshiriladi. REA natijasida 
aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik 
nazorat tekshiruvlari o’tkazish mumkin. Yuzaga kelgan avj olish hollarida yoki 
aniqlangan kasallanishlar ko’rsatkichlarining sezilarli ko’tarilishlarida 
infeksiyaning turli xildagi omillar orqali yuqishini baholash lozim, bunda har bir 
omil ta’sir etishining qay darajada uchrashi aniqlanadi, daryolar, ariqlar suvidan 
iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli 
ravishda kasallanmaganlarning guruhi. 
Yuqish omillarini aniqlashda infeksiya manbaini topish va bemorlardan 
ajralayotgan qo’zg’atuvchi fagotipini aniqlash zarur. Ich terlama bilan 
kasallanishning kamayishida chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha 
zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga 
aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar 
kiradi. 
 
MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
 
1. Mashg’ulotning maqsadi: Salmonellyozlar epidemiologiyasi, profilaktikasi 
va epidemiologik nazorati bilan tanishtirish. 
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. 
Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. 
3.Ushbu mavzuni o’tgach talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1. Aholining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishida salmonellyozlarning 
o’rni. 
3.2. Salmonella tifimurium gospital shtammining o’ziga xos xususiyatlari va 
salmonellyozlar qo’zg’atuvchilarining turlari. 


3.3. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida 
epidemik jarayon rivojlanishi mexanizmi va namoyon bo’lishining o’ziga xos 
xususiyatlari. 
3.4. Salmonellyozlarning antroponoz va zooantroponoz shaklda tarqalishi va 
ularda epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 
3.5. Salmonellyozlarning yosh bolalar orasida tarqalishida epidemik 
jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 
3.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi. 
3.7. Epidemiologik nazoratni tashkil etish. 
4. Talaba mashg’ulot davrida quyidagilarni o’rganishi kerak: 
4.1. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida 
epidemik jarayon rivojlanishini baholash, uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha 
bilish. 
4.2. Salmonellyozlarning epidemik o’choqlarida epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi. 
5.1. Kirish, mashg’ulot maqsadini tuShuntirish va mavzu ma’nosini anglab 
olish. 
5.2. Talabalarning Shu mavzu yuzasidan bazis bilimini aniqlash. 
5.3. Salmonellyozlarning epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama 
qilish. 
5.4. Salmonellyozlar tarqalishida hayvonlarning va odamlarning 
epidemiologik ahamiyati. 
5.5. Salmonellyozlarning yuqish yo’llari va mexanizmi, oziq-ovqat va 
maishiy-muloqot yuqish yo’llarini tavsifi. 
5.6. Salmonellyozlar bilan kasallanishning ko’p yillik va bir yillik 
dinamikasining o’ziga xos xususiyatlari, salmonellyozlar bilan kasallanishning 
aholi guruhlari orasida tarqalganligi. 
5.7. Salmonellyozlarda epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar. 
5.8. Salmonellyozlarda epidemiologik nazoratning mazmuni. 
5.9. Holatiy masalalarni yechish. 
5.10. O’tkazilgan mashg’ulotning o’zlashtirilganligini tekshirish. 
5.11. Keyingi mashg’ulotga vazifa berish. 
6. Talabalarning mustaqil ishi. 
6.1. Mavzu bo’yicha tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganish. 
6.2. Axborot uchun materiallarini o’rganish. 
6.3. Mavzuga tegishli masalalarni yechish. 
6.4.Salmonellyozlarning epidemiologik nazorati sxemasini tuzish.
7. Tavsiya etilgan adabiyotlar: 
7.1. Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya M. 1989 y. 382-386 bet. 
7.2. Salmonellyoz pod.red. Pokrovskogo V.I., Kilesso V.D. i dr. Toshkent 
1989 y. 
7.3. Salmonellyoz Usmanov M.K., Mirtazaev O.M. Toshkent 1991 y. 
7.4. O.M.Mirtazaev. "Salmonellyozlar va ularning oldini olish". Toshkent 
1993. Ibn Sino nashriyoti. 


7.5. Ma’ruza "Salmonellyozlarning epidemiologiyasi va profilaktikasi". 
7.6. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 1993y. 06.10. 491- 
buyrug’i "O’zbekiston Respublikasida salmonellyoz kasalliklarini oldini olish 
chora-tadbirlari haqida". 
7.7. SanPiN 0005-95 "Sanitarno-protivoepidemicheskie pravila ispolzueme v 
epidemiologicheskom nadzore za salmonellyozami". 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin