11-modda. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning huquqlari
Farmakologik vositaning klinik sinovida ishtirok etishga yozma rozilik bergan ixtiyoriy qatnashayotgan mijoz sinovni o‘tkazuvchi shifokordan bu uslubning ahamiyati, mohiyati va bunday sinov keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan xavf to‘g‘risida oldindan batafsil tushuntirish olishi, shuningdek u istalgan bosqichda sinovda qatnashishni rad etish huquqiga ega ekanligidan xabardor qilinishi lozim.
Sinov voyaga etmagan yoki muomalaga layoqatsiz mijoz ishtirokida o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma tarzda rozilik olinishi kerak. Voyaga etmagan mijozlar ishtirokida o‘tkaziladigan sinovdan oldin, qoida tariqasida, sinov voyaga etganlarda o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Farmakologik vositaning klinik sinovini boshlashdan oldin sinovni o‘tkazayotgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasi sug‘urta tashkiloti bilan mijozning salomatligi va hayotini sug‘urta qilish yuzasidan shartnoma tuzishi shart.
Dostları ilə paylaş: |