BILAKNING VA QO‘L KAFTINING KLINIK ANATOMIYASI FASTSIYA
VA KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI
Tirsak sohasining chegarasini suyagini medial va lateral g‘adir-budur
tepachalarini birlashtiradigan chiziqdan, ikki barmoq eni ustidan va ostidan o‘tkazilgan
ko‘ndalang chiziqlar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Oldingi va orqa sohalarga bo‘linadi.
Tirsak o‘simtasi bilan ichki g‘adir-budur do‘mboqcha oralig‘ida chuqur egatcha hosil
bo‘ladi. Uning ichidan tirsak nervi o‘tadi. Tirsak chaqurchasi elka suyagining pastki
uchi bilan, bilak va tirsak suyaklarining ustki uchlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib,
uchta bo‘gimni o‘z ichiga oladi. Bilak sohasining yuqori chegarasi elka suyagi medial
va lateral tepachalarini birlashtiruvchi chiziqdan 4 sm. pastda, pastki chegarasi bilak
suyaklarining bigizsimon o‘simtalaridan 1 sm. yuqorida o‘tadi. Bilakning oldingi
yuzasidan 4 ta qon-tomir va nerv tutamlari o‘tadi. Tirsak bo‘g‘imini hosil bo‘lishida
elka, bilak tirsak suyaklari ishtirok etadi. Lateral egatda bilak kollateral arteriyasi va
nervi joylashadi. O‘rta egatda elka arteriyasi, venasi va oralik nervi joylashadi. Vena
mediana cubiti - bu qo‘ldagi bosh va asosiy venalarni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Bilakning oldingi yuzasida muskullar 4 qavat bo‘lib joylashadi.
1-qavat: elka-bilak musqo‘li, yumshoq pronator, kaftni bilak tomonga bukuvchi
musqo‘l, kaftni uzun musqo‘li va kaftni tirsak tomonga bukuvchi musqo‘l.
2-qavat: barmoqlarni bukuvchi yuzaki musqo‘l.
3-qavat : barmoklarni bukuvchi chuqur va bosh barmoqni bukuvchi uzun musqo‘l.
4-qavat: to‘rtburchakli pronator musqo‘li:
Lateral egatda bilak arteriyasi bilak nervining yuzaki shoxi, urta egatda oralik nervi,
medial egatda tirsak arteriyasi va nervi bor.
Qo‘l panjasi — manus deb ataladi, uning ikki: kaft palma manus va orqa dorsum
manus — tomonlari tafovut qilinadi. Terisi juda qalin bo‘lishiga qaramay, kaft
aponevrozi bilan bevosita bog‘langan. SHu tufayli kamharakatchan. Bu soha ter
bezlariga boy, ammo tuksiz. Teri shox qavatining epiteliysi bir nechta qavat bo‘lib
joylashgan.
Teri osti yog‘ qatlami yaxshi taraqqiy etgan, uniterini kaft aprnevrozi bilan
bog‘lovchi fibroz tolalari teshib o‘tadi. Bu qavatda yuzaki mayda venalar, oraliq nervi
va tirsak nervlarining kaftni ta’minlovchi tolalari yotadi. Keyingi xususiy fassiya
qavati kaft usti sohasida (regio carpi) yo‘g‘onlashadi va boylam tusini oladi. Bunga
lig.car'pivolare deyiladi, u kaft uzun musqo‘lining aponevrozi bilan bog‘langan.
Kaft aponevrozi — aponeurosis palmaris uchburchak shakliga ega,
bu uchburchakning asosi pastga — barmoqlarga, uchi esa bilak usti
sohasiga qaragan. Thenar sohasi (bosh barmoq) da quyidagi muskullar joylashgan:
m.abductor pollicis brevis, bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta musqo‘l, juda yuza
joylashgan. Undan chuqurroqda va lateral holatda — m.opponens pollicis — bosh
barmoqni ro‘baro‘ qiluvchi musqo‘l, medial tomonda — m.flexor pollicis brevis bosh
barmoqni bukuvchi muskul joylashgan. Oxirgi bu musqo‘lning yuza va chuqur
boshchalari bor. YUqorida qayd etilgan uchchala muskullar ni oraliq nervining chuqur
tolasi innervatsiya qiladi. Kaftning eng chuqur joyida, panjani bukuvchi muskullar
payi ostida, qiyshiq va ko‘ndalang boshdan iborat bo‘lgan,bosh barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskul— m.adductor pollicis, joylashgan. Bu muskulni va bosh
barmoqni bukuvchi kalta musqo‘lning chuqur boshchasini tirsak nervi innervatsiya
qiladi.
Barmoqlar (digiti). Teri etgan, shox qavatining epitelial joylashgan. Terida juda
ko‘p miqdorda ter-bezlari mavjud. Bu erda yog‘ bezlari va sochlar bo‘lmaydi.
Barmoqlar kafttomonining teri osti yog‘ qatlami ko‘p miqdordagi sharsimon
to‘plamlardan iborat bo‘lib, fibroz to‘siqlar bilan bo‘linib turadi. Bu fibroz to‘siqlar
ko‘pincha vertikal, holda joylashib, terining g‘udda qavatdan tirnoq falangalari orqali
suyak usti pardasiga o‘rta va asosiy, falangalarda esa bukuvchi muskulpaylarining
fibroz qinlariga qarab yo‘nalgan. Barmoqlar kaft tomonidagi teri osti yog‘
qatlaminingbo‘nday to‘silishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, yiringli yallig‘lanish
hollarida fosforning suyakka bukuvchi muskullar ningsinovial qiniga yoki falangalararo
bo‘g‘imiga o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Barcha barmoqlarning sinovial qinlari,tirnoq falangalariasosida tugaydi. II,IIIva
IVbarmoqlarning sinovial qinlari kaftsuyagi boshchalari ro‘parasidan boshlanadi. Bu
erda, sinovial pardaparietal varag‘ining visseral varaqqa o‘tish joyida ko‘r xalta hosil
bo‘ladi.I va V barmoqlarning pay qinlari kaftga o‘tgach kengayib, sinovial qopchalarni
hosil qiladi. Falanganing dorsal yuzasida pay cho‘zilmasiga barmoqlarni yozuvchi
muskulpaylari o‘tadi (barmoqlarning dorsal aponevroziga) va uchta oyoqchaga
bo‘linib, o‘rta oyoqchasi o‘rta falanga asosiga,yon oyoqchalari oxirgi falangalar
asosiga yopishadi
Bilakning xususiy fassiyasi birinchi tartibdagi g‘ilof bo‘lib, mushaklararo
to‘siqlarni beradi va bilakni uchta fassial bo‘shliqqa (yuzaki, o‘rta va chuqur) bo‘lib
tashlaydi. Ko‘rsatilgan fassial bo‘shliqlar uchta tegishli kletchatka yoriqlariga ega
bo‘ladi. YUzaki kletchatka bo‘shlig‘i birinchi qavat mushaklari fassiyasining tagida
yotadi; o‘rta kletchatka yorig‘i tirsakni bukuvchi va qo‘l kaftini bukuvchi chuqur
mushak orasida yotadi. Distal tomonda bu kletchatka yorig‘i N.I.Pirogov tomonidan
yozilgan chuqur bo‘shliqqa o‘tib ketadi.
Qo‘l kaftining fassial-aponevrotik yotqichlari juda murakkab tuzilishga ega bo‘ladi.
Kaftning 3 ta fassial o‘rindig‘i farqlanadi: tashqi, o‘rta va ichki. Ulardan tashkari
panjaning oldingi fassial o‘rindig‘i va suyaklar aro fassial o‘rindiqlar farklanadi.
Bularning xar birida kletchatka bo‘lib, bu esa ularni kletchatka bo‘shliqlari deyilishiga
asos buladi.
Qo‘l kaftining terisi va teri osti kletchatkasi kaft aponevrozi bilan mustaxkam
bo‘lgan fibroz to‘siqlar orqali birikadi. Kaft aponevrozi III va V kaft suyaklariga
mushaklar aro to‘siqlarni berib, kaft soxasini bir-biridan ajralgan tashqi, o‘rta va ichki
fassial kletchatka bo‘shliqlariga bulib yuboradi.
Tashqi yotqich ichida thenar ga qarashli 4 mushak va bosh barmoqni bukuvchi
uzun mushakning payi va uning sinovil qini turadi.
Bosh barmokni bukuvchi uzun mushak payi sinovial qinning bilakni yirik
sinovial xaltasiga o‘tganligi uchun 1 barmoqning panaritsiysida yiringli jarayon bilak
soxasiga o‘tib ketishi mumkin. SHuni esda tutish kerakki, o‘rta o‘rindiq (yotqich)
kaftning teri osti kletchatkasi bilan komissural teshiklar orqali tutashib turadi. II, III,
IV, V barmoqlarning asosiy falangalari boshchalari soxasiga kaftning yuzaki
flegmonalari tarqalib ketishi shunga bog‘liqdir. SHuni esda tutish kerakki, kesma
qilmasdan antibiotiklar yordamida konservativ yo‘l bilan davolash yuqoridagi asoratga
olib keladi, lekin shu soxadagi yirik mutaxassis L.Fishman bemorlarni shu yo‘l bilan
davolab, yaxshi natijalarni olganligini xam eslatib o‘tish lozim.
Kaftning o‘rta kletchatka bo‘shlig‘i canalis carpalis orqali bilakning chuqur
kletchatka bushligi bilan tutashib turadi. SHuning uchun natijasida panaritsiylarda, shu
jumladan yiringli jarayon II, 111, IV kaft suyaklarining boshchalari asosida
joylashganida (bu joyda kon tomir va nervlar utuvchi komissural teshiklar turadi) bilak
soxasiga utib ketish imkoniyati tugiladi. Bu xolat jismoniy mexnat bilan
shugullanuvchi kishilarda kaftdagi kadoklarning yiringlanishi natijasida xam bulishi
mumkin.
SHuni ta’kidlash kerakki, kaft va barmoklar soxasidagi yalliglanishi jarayonlari
xar xil kechadi. Bu esa qo‘l panjasining fassial yotkich va kletchatka yoriklari,
barmoklarning esa suyak fibroz kanallari va bukuvchi mushak paylarining sinovial
kinlari borligi bilan tushuntiriladi. Yiringlanish jarayonini pay kinlarining suyak-fibroz
kanallari bilan cheklanishi to‘qima ichi bosimining tezda oshishiga va keyinchalik
nekroz bulishiga olib keladi. Yiringli tendovaginitlarda buladigan kuchli ogriklarning
va nekroz bulishini oldini olish kerak bulgan erta kesmalar kilinishining sababi xam
shundan iboratdir.
Barmok
to‘qimalarining yiringli yalliglanishiga panaritsiy deyiladi.
Panaritsiyning kuyidagi turlari mavjud:
1.Teri; 2. Teri osti; 3. Pay (tendovaginit); 4. Suyak; 5. Bo‘g‘im; 6. Tirnok
atrofidagi valikning yalliglanishi (paronixiy); 7. Tirnok osti; 8. Limfatik panaritsiy; 9.
Pandaktilit.
Kaft yuzasidagi tirnoq falangalari teri osti panaritsiysi pay va uning sinovial qini
bo‘lmagani uchun suyak va bo‘g‘imlarga juda tezda o‘tadi va uning natijasida
osteomielit va bo‘g‘imlar birikishini emirilishi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |