O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Difteriyaning maxsus profilaktikasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Difteriyaning maxsus profilaktikasi 
 
Difteriyaning  asosiy  profilaktika  choralari  bo’lib,  difteriya  anatoksini  bilan 
emlash  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  shimdirilgan  (adsorblangan)  difteriya 
anatoksini  ishlatiladi.  Difteriyaga  qarshi  maxsus  emlash  ishlari  O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan SanPiN 0132-02 
sonli hujjati asosida olib boriladi. 
Birinchi  vaksinatsiya  2  oylik  chaqaloqqa  AKDS  vaksinasi  yordamida  bir 
oylik  oraliq  bilan  3  marotaba  qilinadi.  Revaksinatsiya  esa  16  oylikda  AKDS 


 
183 
vaksinasi  bilan  o’tkaziladi,  7  yoshda,  16  yoshda,  26  yoshda  va  46  yoshlarda  esa 
ADS-M anatoksini bilan qayta emlanadi. 
Difteriya  profilaktikasi  samara  berishi  uchun  kamida  90  %  bolalarni  emlash 
lozim  bo’ladi.  Bunga  emlashlarni  aniq  rejalashtirish  va  bu  rejalarning  bajarilishi 
ustidan  qat’iy  nazorat  qilib  turish  bilan  erishish  mumkin.  Bolalar  poliklinikalari 
emlash  rejalarini  tuzishda  avval  bolalarning  nomma-nom  ro’yxatini  tuzib 
chiqadilar.  Bular  emlashlarni  hisoblash  kartasi  (63-shakl)  va  bolaning  rivojlanish 
tarixi  kartalari  bilan  (112-shakl)  yig’iladi.  Bunda  barcha  bolalar  ro’yxati  olinadi. 
Chaqaloqlarning  vaksinatsiya  rejasi  tug’ilganlik  haqidagi  ma’lumotlarga  asosan 
tuzib  chiqiladi.  Inieksiya  qilishdan  oldin  vrach  bolaning  emlashga  qarshi 
ko’rsatmalarini  aniqlash  maqsadida  uning  sog’lig’ini  ko’zdan  kechirishi  lozim. 
Shuni  esda  tutish  lozimki,  bu  qarshi  ko’rsatmalarning  barchasi  vaqtinchalikdir, 
shuning  uchun  bu  qarshi  ko’rsatmalar  bartaraf  qilinganidan  keyingi  emlangan 
bolani nazorat qilib turish juda muhimdir. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin