Ozbekiston respublikasi talim tizimi



Yüklə 17,31 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü17,31 Kb.
#205151
1   2
Talim mazmuni

Ta'lim to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi.
Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.
Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi deyishimiz mumkin.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Binobarin keyingi uch yil ichida fakul`tetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta'im yo'nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga etkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo'lgan universitet talaba yoshlari soni 5100 nafardan qariyib 21000 nafarga etdi.
Professor-o'qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga etdi. Universitetda 2018-2019 o'quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 fizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo'yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bomagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e'tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta'lim sifatini ta'minlash yo'lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo'yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to'ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, YUrisprudentsiya (faoliyat turlari bo'yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha), Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma'noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakul`tura bo'yicha o'quv-amaliy trenajer tashkil etish, “Dorivor o'simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash”, shifobaxsh profilaktik sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg'ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo'qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kollektsiyasi, elektron fotoal`bomi va raqamlashtirilgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.


Yüklə 17,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin