O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi


Real hayotdan virtual olamga o’tishning asosiy omillari



Yüklə 195,5 Kb.
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü195,5 Kb.
#104344
1   2   3   4   5
Virtual olam va uning havf xatarlari

2.Real hayotdan virtual olamga o’tishning asosiy omillari
BMT kun tartibidagi mavzular xilma-xil ekan, dezinformatsiya darajasi oshishini kutsa bo’ladi”, - deydi kiberxavfsizlik bo’yicha mutaxassis Siobxan Gorman.
Xo’sh, kimlar bunday hujumlarni uyushtirishi mumkin?
Evan Kolman deydiki, BMTni sabotaj qilishga “Islomiy davlat” yoki al-Qoida kabi guruhlar emas, balki muayyan davlatlar yoki ular homiyligidagi guruhlar harakat qilishi mumkin. Ularning maqsadi, deydi u, maxfiy ma’lumotlarni qo’lga kiritib, BMT faoliyati doirasida ustunlikni qo’lga kiritish, voqealar rivojiga ta’sir qilishdir.
Brendan Varmaning aytishicha, BMT Bosh Assambleyasi majlislari kelasi yili virtual yoki qarorgohda o’tishi pandemiyaga, shuningdek, texnologiya qanday rivojlanishiga bog’liq.4
“BMT va dunyo xalqlari ehtiyojidan kelib chiqib, qarorlar qabul qilamiz”, - deydi u.
Hozir esa e’tibor bu yilgi sessiya xavfsizligini ta’minlashda. O‘g‘rilar, qaroqchilar, bezorilar, yo‘l to‘sarlar... Bunday kimsalar va ularning uyushgan guruhlari hamma zamon va makonlarda bo‘lgan. Afsuski, hozirgi kunimizda ham ularni uchratish tabiiy hol bo‘lib qoldi. Faqat biroz boshqacha shaklda. To‘g‘rirog‘i, boshqa qiyofada.Ishonchsiz axborot qurboni bo‘lishdan ogohlantirilgan chaqiriqlar ko‘p yangrayapti. Ammo jamiyatdagi holat o‘zgardimi yoki muammo yanada chuqurlashib ketdimi? Bu savolga bir nafasda javob berish qiyin. “Telegram” messenjeridan kelayotgan ayrim xabarlardan kimningdir shunchaki kayfiyati buzilsa, kimdir stressga tushib qolishi mubolag‘a emas.Ha, bir chalasavod tomonidan yozilgan matn ko‘plab insonlarni ruhan jarohatlab olgach, o‘z nog‘orasiga o‘ynatmoqda. Chunki ularda shu darajada kuchli tahdid borki, inson ongini mahv etish jihatidan “Bor pulingni chiqar” deb pichoq o‘qtaluvchi ko‘cha bezorining qilmishidan farqi yo‘q.Xabarlardan birini o‘qib ko‘ring-a: “Bu bir qizning iltmosi. Men 13 yoshdaman. Og‘ir dardga yo‘liqdim. Shifokorlar davo topa olmadi. Ko‘zimda yosh bilan Payg‘ambarlarimiz nabirasi Zaynabning qabriga ziyoratga bordim. U yerda uxlab qolibman, tushimga Zaynab kirdi va og‘zimga suv tomizib, Allohning ruxsati bilan tuzalasan dedi. Boshimdan o‘tgan bu hodisani xalqqa tarqatishimni so‘radi. Men yozib tarqatdim. Bir boy insonga berdim, ishonmadi, 13 kunda boridan ayrildi. Nochorga berdim, ishondi, 13 kunda ishi yurishdi. Bunga ishonganlar quvonchga, ishonmaganlar dardga to‘ldi! Bu yozuvni o‘qigan inson 13 kishiga tarqatsin va istagi 13 kunda ijobat bo‘ladi, agar nazariga ilmasa falokatga yo‘liqishi mumkin! Allohning rahmati va barokati sizlarga bo‘lsin! Onam uzoq yashasin desangiz, onangiz uchun erinmang. Shu oyda yaxshi ko‘rgan insoningiz bilan birga bo‘lasiz. Bugun yarim tunda u sizni yaxshi ko‘rishini tushunib yetadi.5 Ertaga siz bilan bog‘liq yaxshilik bo‘ladi. Bu sinalgan. Tungi 3 larda sizga kimdir qo‘ng‘iroq qiladi. Lekin bu zanjirni uzsangiz, baxtingizni 10 yilga yo‘qotasiz”.Buni menga jo‘natgan qiz “Uzr, bu mening aybim emas. Menga ham bu xabarni jo‘natishdi. Onam uchun majburman”, deya qo‘shimcha qilibdi. Demak, u ham axboriy tahdid qurbonlaridan biri. Nadomatki, bu nayrangga ishonib qo‘yaqolgan va ular bashorat qilayotgan baloga yo‘liqmaslik uchun xabarni tarqatishga tushadi. Albatta, matnni yaxshilab o‘qib chiqqan odam, bu ishonishga arzimaydigan narsa ekanligini anglaydi.Birinchidan, imloviy xatolari ko‘p, ikkinchidan gaplarida mantiq yo‘q. “Payg‘ambarlarimiz nabirasi” deganda nimani tushunish mumkin? Qaysi payg‘ambar? Buni yozayotgan odam nechta dinga mansubligi-yu, nechta payg‘ambarga ergashuvchi ekanliginini o‘zidan so‘rash kerak shekilli. Zaynabning qabrini qayerdan topganiga ham hayronsiz. Shifokorlar davololmagan qiz qabristonga borib, u yerda bemalol uxlab ham qolarkan-da?!Matnning shu qismigacha yolg‘on-yashiq bo‘lsa, endi ochiqchasiga qo‘rqitishga o‘tiladi. Boy odam ishonmay, boridan ayrilganmush. Demak bu gapga ishonishingiz shart! Ishonishga majbursiz! Tag‘in siz ham bor-budingizdan ayrilib qolmang! Kambag‘al ishonib ishi yurishganini o‘qigach, sizda sarob umid uyg‘onadi. Dunyoga mashhur magnatlardan so‘rab ko‘ramiz, ular ham o‘tirgan joyida shunday safsatalarni tarqatib, puldor bo‘lib ketishganmikin? Boy bo‘lish uchun aql va mehnat shart emas ekan-ku, mana, siri yozilibdi. “Bunga ishonganlar quvonchga, ishonmaganlar dardga to‘ldi” deya chiqarilgan no‘noq hukm kimlarningdir aqlini shoshirib, to‘g‘rirog‘i aqlidan ayirib, yolg‘on xabarni ko‘proq tarqatishga undamoqda. Har kim o‘z elektron sahifasini o‘zi tasarruf etishga haqli, kelgan xabarni xohlasa o‘chirib tashlaydi, xohlasa har kuni o‘qiydi. Bu qo‘rqituvli shartlar nima degani? Dag‘dag‘a yoxud tazyiqning virtual shaklimi? “Nazariga ilmasa, falokatga uchraydi” deb tahdid qilishga kimning qanday haqi bor? “Onam uzoq yashasin desangiz...” gapi (sharti) hammasidan ham oshib tushdi. Bu xabarni o‘qigan odamning onasida nima ayb? Aybi bolasiga “Internetda qanday xabar kelsa o‘ylab o‘tirmay tarqataver” deb o‘rgatmaganimi? 13 kishiga tarqatsa, 13 kunda yaxshilik kelarmish, tungi soat 3 da telefon bo‘larmish. Bunday aniq-tiniq ssenariyni yozayotgan kim? 13 kundan keyingi hayotni bashorat qilayotgan bu “avliyo” 13 soniyadan keyin o‘zi bu hayotda bor yoki yo‘q bo‘lishi mavxumligini bilarmikin? Uning nayrangiga uchmay, xabarga e’tiborsizlik qilsa baxtini 10 yilga yo‘qotarmish. Mana sizga berilayotgan navbatdagi “kafolat”. Bunday gaplardan keyin aniqki uning buyrug‘ini bajo keltirasiz.Shunday bema’ni xabarlardan yana biri: “Kimki bu xabarni 25 kishiga yuborsa 3 kun ichida mukofotlanadi. Bir inson buni amalda bajarib ish joyida ko‘tarilibdi, Yana bir inson bunga ishonmabdi, sevgani bundan zarar ko‘ribdi, yana biri bu ishni ertaga qilaman debdi va bu ishni bajara olmas holga tushibdi, Allohning ismi zikr qilinyapti tilaging amalga oshishi uchun bo‘lmasa ham insonlarni iymonga chaqirgan holda va boshingizga kulfat, balolar kelmasligi uchun baham ko‘ring. O‘qimasdan oldin ichingizdan o‘tayotgan judayam muhim niyatingizni uch marta qaytaring va pastdagi duoni o‘qing...”.Alhazar, demak, ularning iddaolaricha bu yozishmalarga shunchalik katta ixlos bilan qarashimiz kerak ekanki, xatto “Ertaga jo‘natarman” deb erinish ham falokatni naqdlab qo‘yarkan. Bular “Alloh”, “Payg‘ambar” deb o‘zlarini xudojo‘y qilib ko‘rsatadi-yu, nega 3 kun u yoqda tursin 3 soniyadan keyingi on ham yolg‘iz Allohning iznida ekanini unutib, o‘zicha va’dalar beradi? Bunday g‘oya insonlarga duo o‘rgatish, diniy bilim berishga emas, aksincha diniy qarashlarini pasaytirishga olib keladi. Chunki islomiy duo va ma’lumotlarni tarqatish orqasidan keladigan yaxshilikni kutadi, shu vaqt ichida tasodifan hayotida bir xursandchilik bo‘lsa xo‘p-xo‘p, mabodo hech qanday o‘zgarish sezilmasa, o‘sha duoning kuchiga ishonchi, dinga ixlosi qaytadi, hafsalasi pir bo‘ladi. Bu ishlarning boshida turgan odamlarning ham niyati shu: ishonchni so‘ndirish orqali diniy ixlosni pasaytirish. Afsuski ular ko‘p hollarda maqsadlariga yetmoqdalar. Chunki odamlarning o‘zi tayyor o‘lja bo‘lmoqda.Bir qancha vaqt oldin o‘smirlar orasida tarqalgan “Ko‘k kit” virtual o‘yini o‘z tahdidlari bilan qanchadan qancha yoshlarning umriga zomin bo‘lgandi. Qarang, bu xabarlarda ham ong ostiga ta’sir qilish orqali oshkora zo‘ravonlik turibdi: “Xabarni tarqat, yo‘qsa baxtsizlikka uchraysan”. Ularni yo‘q qilishning eng oson yo‘li esa ishonmaslikdir. Sizga yo‘llangan xabarni aql elagingizdan o‘tkazing, to‘kilmay qolgan qismini tarqatasiz.



Yüklə 195,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin