1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo'naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg'unlashtirishning ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo'llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi;
2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u
shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko'plab ayrim shaxslar va korxonalar
iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri
dir. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri -
markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash; ikkinchisi - bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkoriik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyo’ti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir
shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo'lishadi.
Chunki xo'jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo'jalik tizimini xonavayron
qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy
ravishda foyda olishni ta'mini ash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti
million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqimandalik kayfiyatidan
qutqaradi.
Dostları ilə paylaş: