O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan qonuniy va me’yoriy huquqiy hujjatlar


Yerni muhofaza qilish va yerdan oqilona foydalanishni rejalashtirish



Yüklə 50,1 Kb.
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü50,1 Kb.
#162745
1   2   3   4   5
O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish TMI

Yerni muhofaza qilish va yerdan oqilona foydalanishni rejalashtirish.

Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanish davlat rejasining mazmuni va tuzilishini qarab chiqamiz. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish davlat rejasining maxsus "Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish" qismida quyidagi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Umumiy maydon (1 noyabr xolati bo'yicha) ming.ga;
- Qishloq xo'jaligi yer mulki, ming.ga.
Qishloq xo'jaligi extiyoji uchun ajratilgan yer maydoni ming.ga;
Yer rekultivatsiyasi ming.ga;
Tuproqning unumdorlik qatlamini olish, ga (ming.m);
Tuproqning unumdorlik qatlamini taxtlash (skladirovaniye) ga/ming.m.
Sel, shamol va suv erroziyasiga duchor boigan yer yer maydoni ming.ga.
O‘rmonzor himoya chizig‘ini bunyod etish. ga/ming so‘m;
Chuqurliklar, jarlar, daryo qirg'oqlarida qumliklarda o'rmon ko'chatlarini o'tkazishga (ming.so‘m).
Tik qiyaliklarni trassirovaniye qilish ga./ming.so‘m.
Eroziyaga qarshi gidrotexnik va selga qarshi inshootlar qurish ming.so‘m.
Eroziyaga qarshi va selga qarshi o‘tkaziladigan tadbirlaming yer maydoni ming.ga;
O‘rmon himoya chizig'ining umumiy maydoni (lnoyabr holati bo‘yicha)
ming.ga;
Qishloq xo'jaligi ekinlarini kasalliklari va zararkunandalardan biologik uslub bilan himoya qilish ming.ga.
Ko‘rinib turibdiki, bu qismidagi tadbirlaming mazmuni respublikada ham, shuningdek viloyatlar darajasida ham, asosan tabiatni muhofaza qilishga yo'naltirilgan. Shu bilan bir vaqtda davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasining boshqa muvofiq qishloqlarida tabiiy xo'jalik tadbirlari, shu jumladan, yer resurslarini oqilona ekspluatatsiya qilish, ularning maxsuldorligini oshirish aks ettiriladi.
"Qishloq xo‘jaligi" bo‘limining qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish rejasida qishloq xo‘jaligi oborotiga yangi yerlarni tortish, qishloq xo'jaligi yer suv mulkidan foydalanishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar kiritiladi.
Amaldagi uslubiy ko‘rsatma qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish rejasini ishlab chiqish paytida qishloq xo'jaligi yer-suv mulkining turlari bo‘yicha maydonlarini, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yer mulkini transformatsiyalash yo‘li bilan yechilishi mumkinligini aniqlash nazarda tutiladi.
Qishloq xo'jaligi ekinlarini parvarish qilish bo‘yicha rejasida yerdan foydalanishning intensivlik darajasini oshirishga yo'naltirilgan maxsus melioratsiya tadbirlari aks ettiriladi. Shuningdek tuproqning suv va shamol eroziyasini oldini olishning tashkiliy-xo'jalik, agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar ham nazarda tutiladi. Yerdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha moMjallangan tadbirlarni bajarish ularni qishloq xo‘jaligini rivojlanish rejasining moddiy-texnika ta’minoti, moliyalashtirish, kapital quyilma va boshqa ko‘rsatkichlar rejalari bilan muvofiq olib borilishi ta’minlanadi.
Davlatning yer kadastri ko'rsatkichlari mazmuni bilan davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasining "Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish" qismi va "Qishloq xo‘jaligi" bo'limini taqqoslash yer kadastri tizimi, asosan rejalashtirish extiyojiga muvofiq kelishi va qondirilishini tasdiqlaydi. Ayni vaqtda davlat rejasining "Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish" ko'rsatkichlarini o‘zi ham yer kadastrining mazmuni bilan muvofiqlikka keltirilishi kerak. Bu vaqt rejalashtirish samaradorligini oshiradi. Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni rejalashtirish uchun yer kadastrining tarkibida yer sifatini hisobga olish tizim ostida (podsistema) ayniqsa alohida ahamiyatga ega. Agar yer sifatini hisobga olishni yaxshi tizim deb qaraydigan boMsak, unda uning bir -biri bilan bilan bog'langan podsistemalari quyidagilardan iborat:
1) Yerlarni klassifikatsiya qilish
2)Tuproq qatlamining tabiiy xolati bo‘yicha har tomonlama tavsifi
3) Yem- xashak yerlari kultur-texnikasi tabiiy xolatining kengaytirilgan tavsifi
4) Tuproq hosildorligi dinamikasining tavsifi ya’ni uning vaqt bo‘yicha o'zgarishi.
Muhimi, yuqorida keltirilgan podsistemalar ( tizostilari) yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning davlat rejasida ma’lum ko'rsatgichlarga muvofiq kelishilgandir. Shu nuqtai nazardan, hozirgi vaqtda "Yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish " qismida aks ettirilgan ko'rsatgichlardan tashqari, yuqorida keltirilgan boiimlarga quyidagilarni qo‘shish mumkin:
Yer mulklarini transformatsiyalantirish, shu jumladan:
a) qishloq xo‘jaligi yer mulkiga taaluqli bo'lmagan yerlar hisobidan qishloq xo'jaligi uchun yangi yerlarni o'zlashtirish
b) tabiiy yem-xashak yer mulklarini, topshirish
v) kam unumli haydaladigan yerlarni yaylov va pichanzorlarga o'tkazish.
Keltililgan ko'rsatgichlarni ishlab chiqish yerlarni klassifikatsiyasi
ma’lumotlariga va tuproq tavsifi ulaming tabiiy holati bo‘yicha va ichki xususiyatlariga asoslanadi. Yerlarni melioratsiya qilish, shu jumladan:
a) muntazam va limanli sug'orish:
b) solanslami melioratsiyalash va o ‘zlashtirish
c) sho‘rlangan yerlarni melioratsiyalashtirish
Qayd etilgan ko'rsatgichlami ishlab chiqish uchun yer kadastri tarkibida sug‘oriladigan, sho'rlangan yerlarni miqdori va sifatini hisobga olishga asos beradi.
Erroziyaga qarshi tadbirlar shu jumladan eroziya turlari va tadbir turlari bo‘yicha:
Yer kadastrli xujjatlarda eroziya xavfli va eroziyali yerlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot mavjud. Kurturtexnikaviy ishlar shu jumladan ekinzor va tabiiy yem-xashak yer mulklari Kulturtexnikaviy ishlami asosi bo'lib yaylov va pichanzorlarning kulturtexnikaviy xolatining ma’lumotlari xizmat qiladi, shuningdek, ekinzorlarda unumdorlikni pasaytiradigan belgilar bo‘yicha tuproqlar tavsifi.
Tuproq unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shu jumladan biologik agrokimyoviy va boshqa uslublar bilan. Yer kadastri birinchi marta yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari tizimiga nisbatan mustaqil sifatida bu yo‘nalishni qarab chiqish imkonini
beradi. Chunki tuproq unumdorligi dinamikasidagi o'zgarishlar haqida ma’lumotlarni (har bir yilda ekinzorlaming agroishlab chiqarish ko‘rsatgichlari tuproq tavsifi hisobga olinishi nazarda tutilgan) saqlaydi. Uning mustaqil rivojlanishi va xalq xo‘jaligi rejasiga qo'yilishi keyingi o‘n yilliklarda mamlakatning qator mintaqaiarida tuproq xususiyati va tavsifining yomonlashishi munosabati bilan nihoyatda muhimligi namoyon boimoqda.
Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning bo‘limchasi tarkibida qayd qilib o‘tkazilgan ko'rsatgichlar yo‘nalishining muhim tomoni bir biri takrorlanmasliklaridan iboratdir. Biroq shunday holatda takrorlanishning xavflilik tomoni yo‘q. Ayni paytda ulardan ko'pchiligi qishloq xo'jaligi rivojlanishi rejasiga qo‘shiladi. Shu bilan bir qatorda yuqorida aytib o'tilgan tadbirlarning ko'pchiligi "qishloq xo‘jaligi" bo‘limida rejalashtiriladi.
Ularni yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha boiimchada mustaqil ajratilishi to‘Ia oqladi. Shu bilan birga bunday ajratishning mezoni, eslatib o‘tilgan bo‘limchadagi mustaqil ajratilgan singaridir,- korxonalar, tashkilotlar, muassasalar diqqatini muhim resurs asosiy milliy boylik sifatidagi yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish rejalarining albatta bajarilishiga, yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazoratning kuchaytirilishiga, bu ishda yerdan foydalanuvchilarning yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ma’suliyatini oshirishga qaratilishi lozim.
Yer resurslarini rejalashtirish uchun, odatda bilvosita rejalashtirish oldi (asosan prognozlashtirish) jumladan yangi o'zlashtirishning bosh sxemasi, tabiiy yemxashak yerlarini foydalanishning bosh sxemasi, yer tuzishning tuman va viloyat sxemalari orqali yer kadastri ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ularni bajarish pirovardida, umummamlakat xujjatida kelajakda mamlakat yer resurslaridan foydalanishning bosh sxemasiga muvofiq ko'rsatgichlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Qayd etib o'tilgan xujjatlami izchil, bir-biri bilan bog‘lab ishlab chiqish, pirovardida, yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish davlat rejasining ko‘rsatgichlari vaye r kadastri ma’lumotlari samarali bog'lanishini ta ’minlaydi.



  1. Yüklə 50,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin