363
yoki bu jismoniy sifatlarni namoyon qilish samaradorligiga yo‘naltirish lozim. Ularni rivojlantirish uchun yoshga
xos qulay shart-sharoitlar bo‘lishi kerak [1,2].
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchi- larni har tomonlama jismoniy rivojlantirish tamoyili muhim
ahamiyat kasb etadi. Maktablarda o‘quvchilarning ta’lim olish davrida o‘smirlik chog‘ida ularga maqsadli ta’sir
ko‘rsatish zarur [3].
Tadqiqot maqsadi.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining kuch sifatini rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari.
Maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini boshlang’ich sinf o‘quvchilarini kuch
sifatini rivojlanganlik darajasini o‘rganish;
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash.
Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun maktabda va maktabdan tashqari mashg’ulotlar olib borish
eng samarali hisoblanadi. Bunda o‘quvchining yoshga xos xususiyati va tayyorgarlik darajasini hisobga olish va
mashg’ulotlarni to‘g‘ri me’yorlash shart.
Kuch sifatlarni rivojlantirishning asosiy uslublari quyidagilar hisoblanadi:
–
o‘rtacha vazndagi og‘irlik bilan takroriy bajarish uslubi;
–
dinamik kuchlanishlar (tezkor-kuch mashqini takroriy bajarish) uslubi;
Mushak kuchi va kuch chidamliligini rivojlantirish uchun «aylanma mashg‘ulot» tavsiya qilinadi.
Aylana (sikl) quyidagi mashqlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
–
gimnastika o‘rindiqlari ustidan sakrash (3-4 marta);
–
qo‘liga yuk ko‘tarib o‘tirib-turish;
–
yengil atletika mashgulotlati (yurish, yugurish, sakrash);
–
2-3 ta to‘siq ustidan sakrab o‘tish va boshqa mashqlar;
–
suzish mashg’ulotlari (krol usulida suzish);
Bundan tashqari, mashg‘ulot yuklamasini vaqti- vaqti bilan ko‘paytirish mumkin: mashg’ulotlar soni
orttiriladi, snaryadda mashq qilishda urinishlar soni oshiriladi. Biroq unutmaslik kerakki, kuch
yuklamasini me’yoridan tez oshirib bajartirish toliqishga yoki mashqlanganlikning me’yoridan ortib ketishiga
olib keladi. Kuch sifatini tarbiyalashda katta jismoniy yuklamalar qo’llaniladi.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning rivojlanishini va o’sishi bilan
bog’langan bir qancha xususiyatlar mavjud. Oʻsmirlik va yoshlik davrida bitta sifatlarning o’sishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi, o’qituvchilardan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga majmuali yondashuv talab qiladi. Agar ular
asta-sekinlik bilan oshirilib borilsa, bolalar va o’smirlar organizimiga ziyon yetkazmaydi. [1]
Shuning uchun o‘quvchilar yoshini hisobga olgan holda kuch va tezkor-kuch mashqlarini to‘g‘ri
me’yorlash zarur. Tezkor-kuch sifatlari rivojlanishining yuqori
darajasi o‘quvchilarning jismoniy va texnik
tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarda jismoniy sifatlarini rivojlantirishning asosiy vositalari
– kichik og‘irliklar bilan mashqlar, sakrashlar, qisqa masofaga yugurishlar, uloqtirishlar, еngil atletika
sakrashlari, krol usulida suzish, akrobatika mashqlari, gimnastika snaryadlarida dinamik mashqlardir.
Umumiy kuchni rivojlantirishning asosiy vositasi uzoq davom etadigan, kam shiddatli tez va siklik
harakatlard hisoblanadi. U hamma organlar va tizimlarning funksional “chegarasini” oshirish uchun ijobiy shart-
sharoitlar yaratadi va ularning yuqori darajada uyushqoqlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Kuch chidamliligini
rivojlantirishning boshqa samarali vositalari turli xil siklik mashqlar va harakatli sport o‘yinlaridir.
Birinchi mashg‘ulotlarda umumiy kuchni rejalashtirishning asosiy vositasi sifatida shiddati yuqori bo‘lmagan
bir xil sur’atda yugurishdan foydalaniladi va asta-sekinlik bilan mashqni bajarish davomiyligi 5-8 minutdan 25-
30 daqiqigacha еtkaziladi, keyinchalik esa umumiy chidamlilik bir maromli va dam olib yugurish bilan
almashinib bajariladi.
Dostları ilə paylaş: