O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar


— Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog‘onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?



Yüklə 122 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2022
ölçüsü122 Kb.
#74421
1   2   3
15 семинар

— Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog‘onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?
— Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz о‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. Masalan, Sо‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-о‘rinda, Normativ sifat indeksida 184-о‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-о‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-о‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-о‘rinda turibmiz. Albatta, sо‘nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi kо‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institusional о‘zgarishlar rо‘y berdi.
Xususan, mamlakatimizda sо‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va tо‘siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi.
Qator sohalardagi о‘zgarishlar bilan bog‘liq qonunchilikning jadal rivojlanishi ayrim hollarda amaldagi qonun hujjatlariga zid bо‘lgan kо‘plab normalarning vujudga kelishiga sabab bо‘ldi. Shuning uchun ham qonunchilikni tubdan qayta kо‘rib chiqish, uni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Shu bilan birga, mamlakatimizning Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GREKO) xalqaro tashkilotiga a’zo bо‘lishi va bu tashkilotning korrupsiyaga qarshi tegishli konvensiyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish masalasini ham о‘rganib chiqilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va sо‘z erkinligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash zarur. Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga tо‘sqinlik qilishga oid huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilash kerak.
Respublikaning siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda quyi pog‘onalardan joy olganligining sabablaridan yana biri mazkur reyting va indekslar, asosan, jamoatchilik fikri va xalq­aro ekspertlar xulosasi asosida shakllantirilishidadir. Qolaversa, indeks yurituvchi tashkilotlar sо‘rovnomalari faqatgina mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bilan hamkorlikda о‘tkazilishini inobatga olib, respublika miqyosida bunday tashkilotlar kamligi hamda ular tomonidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati cheklanganligi kabi omillar ham bunga sabab bо‘lishi mumkin. Shu о‘rinda alohida qayd etishimiz zarur, har bir davlat organi, ayniqsa, respublika darajasidagi vazirlik, idora, tashkilotlar huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilib, ular bilan yaqin hamkorlik о‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bо‘lar edi.
— Yaqinda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yо‘lidagi о‘n yillik harakat” nomli hisoboti e’lon qilindi. 2020 yil uchun dunyoda elektron hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu reytingda О‘zbekiston 6 ta pog‘onaga tushib, 87-о‘rinni egalladi. Nima sababdan mamlakatimiz avvalgi о‘rnini yо‘qotdi?
О‘zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog‘onaga pasaydi. Lekin reytingni shakllantiruvchi komponentlar bо‘yicha birmuncha о‘sish kuzatilgan. Masalan, ushbu reytingning “Inson kapitali”, “Elektron ishtirok” va “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” indekslari bо‘yicha kо‘rsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron ishtirok” indeksi bо‘yicha respublikamiz о‘zining kо‘rsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi о‘rnini 13 pog‘onaga kо‘tardi va 46-о‘rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar rо‘yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bо‘yicha mamlakatimiz 59-о‘rinda edi.
Bundan tashqari, О‘zbekistonga ochiq ma’lumotlar bо‘yicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “Elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi о‘rnimiz pasayishiga ayrim omillar ta’sir qildi. Eng avvalo, ta’kidlash joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bо‘lmagan. Natijada reytingni oshirish bо‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Hozir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu ishga mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta’lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga tо‘liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “Elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bо‘yicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil ­qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari yetarli darajada joriy etilmagan.
Shuningdek, tranzaksiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yig‘imlar va jarimalarni tо‘liq elektron tarzda tо‘lash ham oxiriga yetmaganligi reytingdagi о‘rnimizga salbiy ta’sirini kо‘rsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti bо‘yicha ham ishlashimiz kerak bо‘lgan ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy о‘qitish imkoniyatlaridan tо‘liq foydalanilmayotgani, oliy ma’lumotga ega aholi qatlami bо‘yicha aniq ma’lumotlar yetarli emasligi reytingdagi о‘rnimizga ta’sir qilmoqda.
Mobil aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog‘i yetib bormaganligi ham reytingdagi о‘rnimizga о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda.
—  Koronavirus pandemiyasi kо‘p islohotlarga salbiy ta’sir qildi. Iqtisod deysizmi, sanoatmi, ta’lim va boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida qoldi. Bu holat reyting va indekslarda qanday baholanadi?
Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi global miqyosda butun insoniyatga xavf solayotganiga, barcha sohalarda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Pandemiya sharoitida, albatta, birinchi zarba iqtisodiyotga tushadi, rejalashtirilgan kо‘plab islohotlar ijrosi ortga suriladi, asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash tizimini qо‘llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush darajasini yaxshilashga qaratiladi.
Xalqaro reyting agentliklari indekslarni hisoblab chiqishda yoki reytinglarni tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik kо‘rsatkichlariga tayanadi. Tan olish lozim, pandemiya sababli statistik kо‘rsatkichlarning yaxshi tomonga о‘zgarishiga nisbatan ularning yomonlashish ehtimoli yuqoriroq.
Shu sababli keyingi yillarda xalqaro reyting va indekslardagi О‘zbekistonning о‘rnini joriy holatida saqlab qolinishi yoki pastlashishi ehtimolini nazardan qochirib bо‘lmaydi. Biroq unutmaslik kerakki, pandemiya bitta yoki bir nechta davlatda emas, balki butun dunyo mamlakatlariga bevosita salbiy ta’sirini о‘tkazmoqda. Shu bois, balki boshqa davlatlarning ham reytinglardagi о‘rni pastlashishi sabab mamlakatimizning о‘rni tom ma’noda kо‘tarilishi yoki joriy holatda saqlanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.



Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin