O’zbekiston respublikasi


JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə19/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#38846
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Hayot faoliyati xavfsizligi

JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi.

Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim.

Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi.

Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot xamshirasi jarohat yuz bergna joyda tug`ri ko`rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasiga jo`natish kerak.



Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish.

Muolajaning bu turini kichikroq yuza jarohatlari bol`gan bemorlarda yoki atroflari tekis, ifloslanmagan va ichkarida joylashgan to`qimalar hamda anchagina shikastlangan kesilgan jarohatlarda bajariladi . Jarohat atrofi soch yoki jundan tozalanadi, teri spirt bilan artiladi a yod eritmasi surtiladi.



Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish

bunda jarohat chekkalari, devorlari va tubini sog`lom to`qimalarigacha kesish, uni aseptic jarohatga aylantirish prinsipi yotadi. JArohat og`riqsizlantiriladi, tozallanadi, qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi. Ichki tomondan ketgut chok solish va terini ipak bilan choklash yordamida jarohat chekkalari bir – biriga yaqinlatiriladi. JArohat chekkalariga antibiotiklar quyiladi.

yuz, til, qo`l panjasi jarohatlanganda, ya`ni qon ta`minoti yahshi bo`lgan sohalarda jarohat chekkalari minimal darajada kesilib, choklar solinadi va zarurat bo`lganda immobilizatsiya qilinadi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalashdan so`ng normal bitayotgan choklar 7-8 kunida olinadi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin