4.MAVZU. SHOK HOLATI. UZOQ MUDDATLI BOSIB QOLISH SINDROMI.
KUYISHLAR. MUZLASH. ZAHARLANISH.
Reja:
1)Shokning kelib chiqish sabablari turlari va birinchi yordam.
2) Ezilish sindromi, klinik belgilari, birinchi yordam ko`rsatish usullari.
3) Kuyish turlari, davrlari va darajalari
4) Kuyishda birinchi yordam ko`rsatish
5) Sovuq urishi , birinchi tibbiy yordam
JAROHATLANISH SHOKI.
Shok deganda bemorninig jarohatlanish oqibatida markaziy nerv sistemasi va boshqa fiziologok sostemalarninig quzg`alishiu yoki funksiyalarning pasayib ketishi bilan namoyon bo`ladigan umumiy og`ir holat tushuniladi.
Operatsiyadan keyin r`oy beradigan xirurgik shokka operatsiyaning uzoq davom etishi, narkozninig takomillashganligi yoki mahalliy og`riqsizlantirish , ko`p qon yuqotish operatsiyalarni nerv tuqimalari ko`p maxsus shokogen soxalalrda utkazish sabab bo`ladi. SHok paydo bol`ish vaqtiga ko`ra birlamchi va ikkilamchi bo`ladi.
Birlamchi shok shikastlanish ro`y bergan zahoti, ikkalamchi shok esa shikastlanishdan ozroq vaqt, ba`zan esa bir necha soat o`tgach paydo bo`ladi.
Kelib chiqib sabablariga k`ora shok qo`yidagilarga bo`linadi: travmatik, anantafilaktik(dorilar rewaksiyasidan keyingi) kardiogen (miokard infarktidan keyin) infeksiontoksik (zaharlanishlardan keyingi) gemorragik( ko`p qon yo`qotishdan so`ng) va hokazolar tafovut qilinadi.
Shokniing klinik manzarasi uni keltirib chiqargan omillarga ko`ra turlicha bo`ladi.: bemor, ko`p terlaydi, rangi oqaradi, , boshi aylanadi, pulsi tezlashadi , qon bosimi avvalgiga biroz oshgan, keyinchalik pasaygan bo`ladi , bemor lanj, tevarak atrofga loqayd, bo`lib qoladi, qon bosimi pasayib ketadi. Pulsi tezlashgan tuliqligi sust, ko`pincha ipsimon bo`ladi. Terisi keyinchalik qizargan, sovuq ter oqadi. Bemorninig yuzi sulg`in b`olib, qoravhiqlari kengayadi, va yoru`glikni arang sezadi.
DAVOSI.
SHokni davolash uchun uni kelitirib chiqargan omillarga asoslaniladi. Travmatik shikda og`riqsizlantiradigan dorilar narkotiklar anafilaktik shokda – aller giyaga qarshi dorilar- dimedrol, suprastin, tavegil, kalsiy xlorid , prednizolon…
kardiogen shokda- yurak- tomir sistemasini stimullovchi va qon bosimini ko`taruvchi dorilar, gemoraggik shokda- qon oqishini tuxtatish, tomirga qon, plazma va qon o`rnini bosuvchi shokka qarshi suyuqliklar quyish, bundan tashqari simptomatik davolash bilan bemorninig ahvoli yahshilanadi.
Dostları ilə paylaş: |