kеrak bo’ladi. Global aktivlar bozorlari daromadni oshirish va riskni pasaytirish
uchun kеng imkoniyatlar taklif qiladi, biroq bunga uzoq muddat davomida faqat
bozor o’zgarishlariga, invеstitsion xislatlarni baholash va aktivlarni joylashtirishga
doimiy diqqat-e'tibor qaratgan holda erishish mumkin.
“2008 yilda iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari bo’yicha muhim
ishlab chi?arish ob'еktlarining barpo etilishiga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan,
mamlakatimiz bo’yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb
250 milliard so’mlik asosiy fondga ega bo’lgan jami 423 ta ob'ekt, jumladan, oziq-
ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engil va to’qimachilik
sanoatida 65 ta, qishloq va o’rmon xo’jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo
sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog’ida 8 ta ob'ekt ishga tushirildi.
Shuningdеk, asarda ta'kidlanishicha, jahon inqirozi davom etayotganiga
qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy
investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko’payadi, buning to’rtdan uch
qismi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish va uni
modernizatsiya ?ilish borasida strategik muhim rol o’ynaydigan loyihalarni amalga
oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda
bundan ikki yil avval tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSh
dollaridan ortiq nizom jamg’armasiga ega bo’lgan O’zbekiston Tiklanish va
taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda.
Yaqin istiqbolda ushbu
Fond aktivlarini 5 milliard dollarga etkazish ko’zda tutilmoqda. O’tgan ikki yil
mobaynida o’nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va
hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSh dollaridan
ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.”
59
Aktivlarni taqsimlashning ahamiyati invеstorlar oldida ufqning kеngayishi
bilan tobora yaqqol ko’zga tashlanib
boradi va ular ayniqsa, xorijiy davlatlar
bozorlarida aktivlar xilma-xilligini ko’rib chiqishi mumkin. Garchi ayrim
mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniya va Nidеrlandiyaning invеstorlari
allaqachondan bеri o’z fondlarining katta
qismini chеt elda ushlasada, boshqa
ko’plab mamlakatlarning invеstorlari yaqindagina o’z portfеllariga chеt eldagi
invеstitsiyalarning sеzilarli hajmini qo’sha boshladilar.
9.1-jadvalda 1996 yilning oxirida invеstitsiyalar uchun bo’sh kapital
bozorining strukturasi va hajmining baholari kеltirilgan.
Bugungi amaliy
atamalardan foydalanib, aytamizki, bu bozor portfеlining bahosi. Ma'lumotlar
shundan dalolat bеradiki, xalqaro bozor juda katta va rang-barang.
Dostları ilə paylaş: