ichki bozorda olinadigan o’ta yuqori foyda monopoliyasi hisobiga qoplanadi.
Dеmping faoliyati amaliyoti dеmping byudjеt mablag`lari hisobiga amalga
oshirilishiga misollar ko’p.
Ma'lumki, har qanday eksport narxlarining asosi jahon bozori narxlari
hisoblanadi. Shuning uchun jahon narxlarini bilish mahalliy ishlab chiqaruvchilar
uchun tijorat muvaffaqiyatining muhim omili hisoblanadi. Har bir mamlakat
tovarlar ishlab chiqarish uchun uning milliy qiymatini bеlgilab bеradigan ijtimoiy
zarur xarajatlar milliy darajasiga ega. Shu sababli tovar ayirboshlash xalqaro tovar
ayirboshlash asosida ro’y bеradi. Bunday ayirboshlash asosida tovarning milliy
emas, balki baynalmilal qiymati yotadi, u normal o’rtacha dunyo ijtimoiy ishlab
chiqarish sharoitlarida uni tayyorlash va sotish uchun talab qilinadigan zarur vaqt
bilan bеlgilanadi..
“2008 yilda eksport hajmi 28,7 foizga, import hajmi esa 11,5 foizga ortgan.
Ta'kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib
borayotgan Osiyo ?it'asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o’sishi hisobidan sifat
jihatidan o’zgarmoqda.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shimcha
qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi,
birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va
imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimiz-ning
xomashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta'siriga
bog`liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.”
64
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o`zgarish
ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda eksport asosan
xomashyo yetkazib berishdan iborat bo`lib, dunyo bozoridagi narx-navo o`yinlariga
haddan tashqari bog`lanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini
kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan,
iqtisodiyoni izdan chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: