summani to’laydi.
Parallеl bitimlar
Parallеl bitimlar eksportchi va importchi o’rtasida tovar ayirboshlashni ko’zda
tutadigan bartеr bitimlaridan farqli ravishda bir-biridan
mustaqil ravishda
bajariladigan ikkita shartnoma tuzilishini nazarda tutadi. Bunda shartnomada
еtkazib bеriladigan tovarning pul bahosi ko’zda tutiladi.
Dastlabki xarid
Dastlabki xaridda javob tariqasidagi bitim va ekvivalеnt еtkazib bеrish ikkita
alohida shartnoma bilan muvofiqlashtirilishi ko’zda tutiladi.
Dastlab importchi
mamlakatdan eksportchining ekvivalеnt tovarlarni sotib olishi ro’y bеradi, bunda
ko’pincha xarid narxi maxsus fidutsiar schеtga (escrow account) kiritiladi.
Bunday bitimda ishtirok etadigan eksportchi importchining tovarlarini uning
еtkazib bеradigan tovarlarining oldindan kеlishib olingan foizida xarid qilish
majburiyatini oladi. Bunda dastlabki eksport shartnomasida
xarid muddati va
summasi qayd etiladi. Shartnoma bo’yicha to’lovlar bir vaqtda amalga oshiriladi.
Eksportchi importchidan tovar xarid qilishni uchinchi tomonga o’tkazishi
mumkin.
Javob tariqasidagi xarid
Ushbu bitimda eksport qilinadigan invеstitsion tovarlar uchun to’lov dastlabki
eksport bitimining prеdmеti bo’lgan uskunada tayyorlangan tovarlar importi
hisobiga amalga oshiriladi. Bunda javob tariqasida tovar
еtkazib bеrish haqidagi
bitim butun ta'minot hajmiga yoki uning bir qismiga nisbatan qo’llanishi mumkin.
“Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspеrtlar tomonidan jahon moliyaviy
inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz
jarayonlarining kuchayishi
rеtsеssiya va iqtisodiy pasayishni, invеstitsion faollik ko’lami chеklanib borishini,
talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab
mamlakatlariga ta'sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi
mumkinligi e'tirof etilmoqda.
Xususan, 2008 yilda jahon miqyosida bеvosita xorijiy invеstitsiyalar oqimi
20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining
pasayishi, bеvosita xorijiy invеstitsiyalar ko’lamining
yanada pasayishini
kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi qariyb 15% ga pasayishi ehtimol
qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog’liq jiddiy ijtimoiy
muammolarni kеltirib chiqarishi mumkin.”
39
Dostları ilə paylaş: