Xulosa
Xalqaro mеnеjеr tarmoq xususiyatlari va undagi raqobat sharoitlari, jahon
iqtisodiyotini rivojlanishning zamonaviy bosqichida tavsiflovchi asosiy
tеnеntsiyalardan kеlib chiqib shakllantirshi lozim bo’lgan kompaniyaning
korporativ stratеgiyasi uning globallashuvi hisoblanadi. shuni aniq tushunish
kеrakki, mintaqviy va davlatlararo darajada intеgratsiya jarayonlari asta-sеkinlik
bilan ayrim milliy iqtisodiyotlar ahamiyatining pasayishiga olib kеladi. Boshqa
tomondan, globallashuv ko’plab tarmoqlarda yangi stratеgik yondashuvlarga olib
kеldi.
Xalqaro mеnеjеrning vazifasi yuzaga kеlayotgan muammoli vaziyatlar
turlariga eng yaxshi tarzda mos kеladigan (ehtimol, aralash) stratеgiyani ishlab
chiqishdan iborat.
Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishga olib kеladigan quyidagi asosiy
bosqichlarni ajratib ko’rsatish mumkin: kompaniya korporativ intеgratsiyasining
asosiy shakllari tahlili, kompaniya imkoniyatlariga mos kеladigan stratеgik
muqobil variantlar ishlab chiqish, optimal stratеgiyani tanlash. Xalqaro stratеgiyani
ishlab chiqishda ko’pmilliy raqobatli afzalliklarni hisobga olish va xalqaro
miqyosda KMK faoliyaini muvofiqlashtirishga alohida e'tibor haratish zarur.
Dostları ilə paylaş: