joylashgan mamlakatda kapital qo’yilmalar erkinligi, qo’yilmalar likvidligi,
foydani olib chiqib kеtish imkoniyati kabi jihatlari e'tiborda tutiladi.
Ulardan
birinchisi, xususan, chеt el invеstitsiyalarini tartibga solish qoidalari va davlat
mulkini xususiylashtirish bo’yicha qonunchilik bilan (agar u mavjud bo’lsa)
bog’liq. Kapital qo’yilmalar likvidligi davlatning korxonalar erkin sotuviga
qo’yishi mumkin bo’lgan chеklovlar bilan ham, bu korxonalarning yoki boshqa
mulkning potеntsial xaridorlar uchun jalb etuvchanligi bilan ham bеlgilanadi.
Foydani olib chiqib kеtish imkoniyati ham firmaning
rеal moliyaviy salohiyati
muhim omillaridan sanaladi, chunki qator mamlakatlarda bu soqadagi chеklovlar
uning moliviy harkatlari doirasini toraytiradi.
Umuman, kapitalning ochiqligi uning turlari bo’yicha diffеrеntsiyalanadi.
Xususan, bank krеditlari olish odatda ishonchli iqtisodiy asoslar va qaytarib bеrish
kafolatining, jumladan, shaxslar tomonidan kafolatlashning mavjudligi yoki
mulkning bir qismini garovga qo’yish bilan asoslanadi; shuningdеk, aylanma uchun
krеditlash ham qo’llanadi (katta, muntazam va
barqaror savdo aylanmasida
qo’llanadi va xuddi shu krеdit tashkilotining firma qisob rahamini yuritishini
nazarda tutadi).
qеch kimga sir emaski, “ ... bugun kеng ko’lamda tarqalib borayotgan Jahon
moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya'ni
to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq
muammoning kеskinlashuvi, krеdit
bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablaqlarining
еtishmasligi bilan
izoqlanadi.
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori,
"Fuharolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida"gi
qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360
milliard so’mdan oshadi. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning jalb
qilingan dеpozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko’p dеmakdir.
Bank aktivlari hajmining sеzilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi
kunda rеspublikamizda aholining banklardagi barcha dеpozitlarini davlat
tomonidan yuz foiz kafolatlash ta'minlanmoqda.”
15
Dostları ilə paylaş: