O`zbekiston respublikasi



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə10/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Texnologik jarayonlar deganda nimani tushunasiz?
2. Texnologik jarayonlar qanday turlarga bo`linadi?
3. Gomogen jarayonlarga qanday jarayonlar kiradi?
4. Geterogen jarayonlarni tavsiflab bering.
5. Texnologik jarayonlar qanday bosqichlardan tashkil topgan?
MAVZU: KIMYOVIY REAKTORLAR, ULARNING SINFLANISHI


REJA:
1. Kimyoviy reaktorlar nima haqida umumiy tushuncha.
2. Reaktorlarga qo’yiladigan talablar.
3. Kimyoviy reaktorlarning sinflanishi:
a) harorat rejimiga ko`ra:
1) adiabatik reaktorlar:
2) izotermik reaktorlar:
3) politermik reaktorlar:
b) Reaksiyaga kirishuvchi mahsulotlar harakatining gidrodinamik rejimiga ko`ra:
1) ideal siqib chiqarish reaktori:
2) to`la aralashtirish reaktori


Moddalarning diffuziya holati bilan kimyoviy reaksiyalari uyg’un holda sodir bo`luvchi apparatlar yig’indisi kimyoviy reaktorlar deyiladi. Kimyoviy reaktorlar kimyoviy texnologik sistemaning asosiy apparati hisoblanadi. Kimyoviy reaktorlardan oldin kimyoviy texnologik sistemalarda reaksion aralashmani tayyorlab beruvchi apparatlar joylashtiriladi, masalan; tozalovchi, isituvchi apparatlar. Ulardan keyin esa moddalar aralashmasidan tayyor mahsulotni chiqarib turuvchi qurilmalar joylashtiriladi. Tipik reaktorlarga kontakt apparatlari, sanoat pechlari, sintez kolonnalari, absorberlar misol bo`la oladi.
Kimyoviy ishlab chiqarishning harakteriga ko`ra reaktorlarga ma`lum bir talablar qo’yiladi. Ular quyidagilardir:
1) mahsulot hosil bo`lishining eng yuqori darajasida katta unumdorlikni ta`minlash;
2) ekzotermik reaksiyalarning harorat va issiqliklarini to’la sarflash;
3) reagentlarni aralashtirish va tashish uchun zarur chiqimlarni maqsadga muvofiq ravishda sarflash;
4) tuzilish jixatidan sodda va arzon bo`lishi kerak (reaktorlar ishlab chiqarishda qora metallar, silikat materiallar, arzon plastmassalardan foydalaniladi);

Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin