5.1.2-chizma. Dji-I-Makkenzi matritsasi
BKGdan farqli ravishda bu matritsa baholashda qatnashadigan omillar sonini ancha ko‘paytiradi va barqaror bo‘lmagan rivojlanish sharoitlarida uni qo‘llash imkonini yaratadi. «Bozor jozibaligi» ko‘r- satkichi quyidagi omillar kompleksi bilan ifodalanadi:
bozor o‘lchamlari va uning o ‘sishi shartlari;
narxlar darajasi;
foyda me’yori;
raqobat holati;
bozorga chiqish uchun to'siqlar;
huquqiy cheklovlar;
ijtimoiy roli va boshqalar.
«Strategik vaziyat» ko‘rsatkichi (raqobatli vaziyat, ichki potensial), shuningdek, turli xil omillar (sof daromad, moliyaviy ahvol, sotilishlar- ning samaradorligi, narxning raqobatbardoshligi, korxona madaniyati, boshqarish uslubi, korxona imkoniyatlari va boshqalar) yordamida aniq lanadi. Bu ko‘rsatkichlami baholash korxonaning investitsiya, bozor holatini, shuningdek, uning potensiali ahvolini hisoblash y o ii bilan amalga oshiriladi.
Investitsion vaziyat korxona o'sishini ta’minlash uchun investitsiya- laming real va optimal kattaliklarinmg nisbati sifatida aniqlanadi.
Bozordagi vaziyat amaldagi bozor strategiyasining bozorda yetak- chilikka erishish va potensial iste’molchilaming ixloslari nuqtayi nazar- dan optimal strategiyaga nisbati bilan baholanadi.
Korxona potensialining ahvolini uning real ahvolining ishlab chi qarish, xodimlar, moliya va marketingni samarali boshqarishga erishish nuqtayi nazaridan optimal holatiga nisbati bilan belgilaydilar. Ko‘r- satilgan uchta ko‘rsatkichdan har biri birga teng bo‘lsa, korxona bozorda
89