O`zbekiston respublikasi


Yangi mavzuni tushuntirish



Yüklə 51 Kb.
səhifə3/3
tarix31.12.2021
ölçüsü51 Kb.
#49517
1   2   3
Ekologik madaniyat” mavzusidagi dars ishlanma

Yangi mavzuni tushuntirish.

Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo`libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu Yerning bag`rida unib – o`sgan, umrguzaronlik qilgan, rizq-u ro`z topgan. Odamlarni boqadigan, kiyintiradigan, ular-ga boshpana bo`ladigan, yuvib poklaydigan yagona va shu tufayli ham nihoyatda mo`tabar ona zamin bu. Hozirgacha insoniyat o`zi uchun yashashga undan boshqa makon topgani yo`q, balki topa olmas ham. Hali – hanuzgacha odamlar osmondan yomg`ir yoqqani, qor – u do`l yoqqanini ko`rganlar, lekin biror marta quymoq yoqqanini, non tushganini ko`rgan emaslar. Ya`ni shu zamin, shu suv, shu havo - tabiat bo`lmasa, inson bolasi u bilan «til topishib», o`zi uchun rizq yaratmasa, bir burda ham non osmondan tushmaydi . Shunday ekan , siz-u bizga – jamiki insoniyatga boyliklarini beminnat berayotgan, saxiy bag`rini ochib qo`ygan tabiatni asrab - avaylash, mas`uliyati, zimmasidagi qarzidir.

Yurtboshimiz inson ma`naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo`lish, go`zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta`kdlaydi: “Tabiatga yaqinlik, jonajon o`lkaning benihoya go`zalliklaridan bahramand bo`lish ma`naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi”.

Tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar insonda juda yoshligidan boshlab shakllana boradi. Bolalar bog`chalarida kichkintoylar o`ynaydigan o`yinchoqlardan tortib, ularning kiyim javoni va yotadigan o`rnigacha, yostiq jildi-yu cho`miladigan hovuzigacha –barcha jihoz-u buyumlarda turli gul-daraxtlarning, hayvonlarning ajoyob tasvirlari bo`ladi. Ko`l va daryolar bag`ridan keltirilgan, ichida mayda chig`anoq bo`laklari to`la mayin qumlardan bolalar turfa jonivorlar haykalchalarini, tog`-u adirlar ustiga qurilgan jajji qo`rg`on-qasrlarni yasashdi.

Qishloq bolalarining aksariyat vaqti tabiat bag`rida kechadi. Ular kelayotgan bahorning hidini ariq lablarini qoplagan yalpizning ham o`tkir, ham yoqimli bo`yidan olishadi. Ariqlarni to`ldirgan suv o`tlarning xuddi qizlarning sochidek mayin chayqalishi, tog`-adirlar tomondan esadigan muzdek shabada, uzoq-uzoqlardan kelayotgan qo`y- qo`zilarning tovushi-bularning barchasi qishloq bolalar hayotining bir bo`lagi, ular tasavvurlarining ajralmas qismi bo`lib qoladi.

Maktabdagi saboqlar davomida biz endi tabiatning umumiy tuzili-shi, Yer yuzidagi iqlimlar, qit`a va materiklarlar, okean hamda dengizlar, tog`lar va vulqonlar, hayvonot o`simliklar olami haqida aniq bilimlarga ega bo`lib boramiz. Masalan, Shimoliy qutb yoxud Antarktidada abadiy muzliklar makon tutgani holda, Afrikaning ko`plab hududlarida nima uchun umuman qor yog`masligi «Geografiya» darsidan bilib olsak, mittigina arining beshta ko`zi borligi yoki chigirtkaning qulog`i oyog`da joylashishi bizga «Zoologiya» darsligi tushuntirib beradi. Bunga qo`shimcha ravishda, gazeta va jurnallar, televideniya va radio, Internet materiallari orqali bizdan o`n minglab chaqirim uzoqda joylashgan yurtlarning rang-barang tabiati, hayvonot hamda o`simliklar olami to`g`risida bir-biridan qiziq ma`lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin. Bu bilim va tajribalar biz- ning tabiat to`g`risidagi, uning naqadar qudratliligi va shu bilan birga, qanchalar himoyaga muhtojligi haqidagi tasavvurimizni boyitadi.

Ekologik tarbiya faqat maktab ta`limi bilan cheklanib qolmay, oila, mahalla muhutuda ham davom etadi. O`zbekistonimizda hovli-joylar, ko`cha va mahallalarninh saranjom-sarishtaligiga, ular hududiga mevali va manzarali daraxtlar o`tqazishga, ariq-zovurlarni doimiy tozalab turishga alohida e`tibor beriladi. Har yili bir necha marotaba hasharlar uyushtirib, odamlar obodonchilik ishlarida sidqidildan ishtirok etadi. Mana shu jarayonda kattalarning yoniga kirib, «Men nima qilay, menga ham biror ish beringlar» deydigan bolalar ko`plab topiladi. Kattalar yerni qanday ag`daryapti, daraxt ostini qanday yumshatyapti-yu gulning tagiga belkurakni qancha botiryapti, daraxtlarning tarvaqaylab ketgan shox va novdalarini kesishga nimaga e`tibor beryapti, anjirni qanday qalamcha qilish kerak-u uzun tokining ostiga suv nega kam quyilyapti-bularning barchasi siz va tengdoshlaringiz uchun aslida juda katta saboq tajriba hisoblanadi. Bu yumushlar odamdan faqat kuchni, peshona terinigina emas, balki uquvni ham, bilimni ham, sabr-u bardoshni ham talab etadi.

Agar bu gaplar o`simliklar parvarishi bilan bog`liq bo`lsa, har bir uy hayvonini asrash, ularning kasal qilmay boqish, bu tilsiz jonivorlar bilan «tillashish» uchun ham alohida qobiliyat kerak. Xalqimizning bu borada uzoq davqlar sinovidan o`tgan ajoyib maqollar ham bor. Mana ulardan ayrimlari: «Agar bo`lsa oqlig`ing, bilinmaydi yo`qlig`ing» («oqlik»-sut-qatiq), «Molga bersang soz yemish, boqar seni yoz-u qish»,«Ot bo`lsa, maydon topilar, ot bo`lmasa, maydon chopilar», «Ot yog`idan semirar», «Sigirli uyda sil bo`lmas», «Ot sarig`idan, qo`y –bag`ridan» va hokazo.

Agar dono xalqimizning o`simlik va hayvonotdunyosining parvarishiga oid shu singari tajribalarni qunt bilan o`zlashtirsak, tabiatni asrash, uni parvarish qilish ko`nikmalarini o`rganib borsak, bizni o`rab turgan atrof olam ham go`zallashadi, ko`nglimiz ham ravshanlashadi.

Shuni bilishimiz kerakki, tabiat- mukammal tizim. Uni ekotizim dey miz. Ekotizimga yuksak aql-idrok asosida yondashish, uning muvozanatini hech qachon buzmaslik lozim.

Afsuski, bizga sobiq sho`rolar davlatidan og`ir ekologik muammolar ham meros bo`lib qolgan. Ulardan eng kattasi, bilasizki, Orol dengizining qurishi bilan bog`liq. O`zbekiston bu masalaning ijobiy yechimini topish, muammoni yanada chuqurlashishining oldini olish, Orolbo`yi hududida yashovchi aholini har jihatdan muhofaza qilish borasida ko`plab chora-tadbirlarni ko`rmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu murakkab masala-ga dunyo hamjamiyati e`tiborini jalb etayotgani ham, Orol muammosi bir-ikki davlatning emas, butun Yer yuzining muammosiga aylanganini ko`rsatadi. Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 20-sentabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisida so`zlagan nutqidagi quyidagi o`rinlar muhim ahamiyat kasb etadi:

Shukurki, bizning mamlakatimizda mustaqillik yillari yurtimiz tabiatini asrash, uni yanada boyitish borasida ulkan ishlar amalga oshirilyapti. Avvalo, tabiatni muhofaza qilishning qonuniy asoslarini mustahkam-lashga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda davlatmizda «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida» (1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan), «Chi-qindilarlar to`g`risida»(2002-yil 5-aprel), «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida», «Yer osti boyliklari to`g`risida»(barchasi 1993-yil 7-mayda qabul qilingan) va boshqa qonunlar, ko`plab kodekslar qat`iy amal qiladi. Mazkur qonun va qonunosti hujjatlari zamon talabiga mos ravishda takomillashtirib borilmoqda. Bu muhim vazifalarni bajarishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki ko`plab jamoatchilik tashkilotlari ham jalb etil-yapti. Jumladan, O`zbekiston Ekologik harakatiga Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidan 15 ta deputatlik o`rnining ajratilishi mazkur jamoatchilik harakati olib borayotgan faoliyatni har tomonlama qo`llab-quvvatlashning amaldagi ko`rinishi bo`ldi.

Diyoromizda aholining diqqat-e`tibori tabiatni asrash sohasiga qaratilib, fuqarolarning ekologik madaniyatini, bilim va saviyasini yuksaltishga ustuvor ahamiyat berilyapti. Natijada, respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida ko`plab bog`-rog`lar, o`rmonlar, yangi suv havzalari, qo`riqxonalar tashkil etilyapti. Aholini suv bilan ta`minlaydigan tabiiy chuchuk suv manbalari xavfsizligi va tozaligi muntazam nazorat qilin-moqda.



Bularning barchasi, albatta, nafaqat bugungi kunda hayot kechirayot-gan odamlar manfaatlarini ko`zlab, balki yaqin va uzoq kelajakda shu ona zaminda yashashi lozim bo`lgan avlodlar baxt-u iqbolini ham o`ylab amalga oshirilayotgan savobli ishlardir.



  • Mustahkamlash.




  1. Insonni nima uchun tabiat farzandi deb ataymiz?

  2. Odamlarning tabiat bag`riga talpinishi ularda qanday xususiyatlar borligini ko`rsatadi?

  3. Ekologik madaniyat qanday bilim va ko`nikmalar evaziga hosil bo`ladi?

  4. Keyingi paytlarda ekologik muammlarning keskin ko`payishiga nimalar sabab bo`lyapti?




  • Uyga vazifa.

Tabiatni asrash mavzusida rasm chizib kelish.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin