24-mavzu. Musobaqada jamoani boshqarish Musobaqalarda jamoani ishtirok etish strategiyasi. Strategiya atamasini
ensiklopedik va etimologik tushunchasi. Strategik rejani (loyihani) tuzish va uni
amaliyotga joriy etish.
Muayyan o‘yindan oldin jamoa tayyorgarligini boshqarish: raqib jamoasi
haqida ma’lumot to‘plash, bo‘lajak o‘yinni, jumladan, raqib-jamoa o‘yinini nazariy
va amaliy andozalashtirish, o‘yinni taktik rejasini tuzish, o‘yinga ko‘rsatma berish
va hokazo tadbirlarni amalga oshirish.
O‘yin jarayonida jamoani boshqarish. O‘yin oldi tayyorlov (razminka)
mashqlariga rahbarlik qilish; o‘yinchilarni almashtirish, o‘yin davomidagi va
partiyalar oralig‘idagi hamda belgilangan imo-ishoralar yordamida o‘yinga
berilgan har bir ko‘rsatma – rejani amalga oshirishni ta’minlash, zaruriyat bo‘lsa
ko‘rsatma-rejaga aniqlik kiritish yoki uni butunlay vaziyatga qarab o‘zgartirish.
Raqib o‘yinchilarning hatti-harakatlarini kuzatish va yozib borish, o‘yinning
yakuniy natijalarini tahlil va muhokama qilish, o‘yinchilarni baholash.
IV. Amaliy va seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi: 1. Holat va harakatlanish, to‘pga turli aylanma xarakat berib o‘yinga kiritish
texnikasi.
2. Holat va harakatlanish texnikasiga o‘rgatishni davom ettirish
3. Holat va harakatlanishlar texnikasiga o‘rgatishni takomillaishtirish
4. To‘p turli nuqtalarga o‘yinga kiritish texnikasi.
5. To‘p turli nuqtalarga o‘yinga kiritish texnikasini takomillaishtirish
6. Kiritilayotgan to‘pni qabul qilish texnikasi.
7. Yo‘nalish bo‘yicha zarba berish texnikasiga o‘rgatish
8. To‘r oldiga chiqib zarba berish texnikasini takomillaishtirish
9. To‘pni qabul qilish texnikasini takomillaishtirish
10. To‘pni o‘yinga kiritish taktikasini o‘rgatish
11. To‘pni o‘yinga kiritish taktikasini o‘rgatishni davom ettirish
12. To‘pni o‘yinga kiritish taktikasini o‘rgatishni takomillastirish.
11
13. Orqa chiziqdan zarba berib, keskin to‘ oldiga chiqish taktikasiga o‘rgatish.
14. Orqa chiziqdan zarba berib, keskin to‘ oldiga chiqish va bosh ustidan
zarba berish taktikasini takomillaishtirish
15. To‘p kiritish taktikasi
16. To‘pni qabul qilish taktikasi
17. To‘pni qiqartirib berish taktikasi
18. Chap va o‘ngdan zarba berish taktikasi
19. To‘r oldiga chiqish taktikasi
20. Juftlik o‘yin taktikasi
21. Juftlik o‘yin to‘r oldiga chiqish taktikasi
22. Juftlik o‘yin orqa chiziqda o‘ynash taktikasi
23. Umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish
24. Tennis
bo‘yicha
mashg‘ulot
o‘tkazishda o‘yin malakalari va
ko‘nikmalarini shakllantirish
25. Tennis bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalarini
shakllantirish
26. Musobaqalarda jamoaga rahbarlik qilish ko‘nikmalarini shakllantirish
27. Har xil hakam sifatida musobaqalarga hakamlik qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish
Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi:
1. Tennisning tarixi, bugungi holati va uni rivojlantirish istiqboli
2. O‘yin texnikasiga dastlabki o‘rgatish
3. Musobaqa qoidalari va hakamlik qilish uslubiyati
4. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
5. Tennis darsi va uni o‘tkazish tartibi
6. Zamonaviy tennis va uning dolzarb masalalari
7. O‘yin taktikasiga o‘rgatish asoslari
8. Musobaqani tashkil qilish va o‘tkazish asoslari
9. Tennisda strategiya va taktika
10. Tennischilarning sport trenirovkasining umumiy asoslari
11. Turli yosh guruhlariga mansub tennischilarni tayyorlash xususiyatlari
12. Pedagogik nazorat va rejalashtirishning umumiy asoslari
13. Ilmiy-tadqiqot asoslari
14. Tennisga tanlov o‘tkazish
15. O‘zbekistonda tennis taraqqiyotini boshqarish
16. Jismoniy tayyorgarlik asoslari
17. Texnik tayyorgarlik asoslari
18. Taktik tayyorgarlik asoslari
19. Psixologik tayyorgarlik asoslari
20. Yuqori razryadli tennischilar va terma jamoalar bilan mashg‘ulot
o‘tkazish xususiyatlari
21. Musobaqada jamoani boshqarish
Amaliy mashg‘ulotlar sport maydonlari va sport zallarida sport asbob-
anjomlari va jihozlar bilan bir akadem guruhda ikki o‘qituvchi tomonidan
12
o‘tkazilishi lozim. Amaliy mashg‘ulotlar keys topshiriqlari, o‘zgaruvchan vaziyatli
mashqlar, foydali taktik qarorni tanlash, harakatli nishonlar va texnik vositalardan
foydalanib o‘tkaziladi.