10-mashg’ulot: Agroekosistema ekosistemalarining tuzilishi
Qishloq xo‘jaligi ekotizimlarining asosiy maqsadi insonlar faoliyatiga jalb qilinadigan : oziq-ovqat, texnolgik, dori-darmon va boshqa biologik resurslardan ratsional (oqilona) foydalanishdir. Ularga inson tomonidan o‘stiriladigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ekti hisoblanadigan turlar: baliqchilik, chorvachilik, maxsus o‘stiriladigan o‘rmon o‘simliklari, shuningdek sanoat texnolgiyalarida foydalaniladigan turlar kiradi.
Agroekotizimlar avtotroflardan sof birlamchi mahsulot olish maqsadida tashkil etiladi. Agroekotizimlar to‘g‘risida yuqorida ta’kidlanganlardan umumlashtirib, uralning tabiiy ekotizimlaridan asosiy farqlarini quyidagilarda ko‘rsatamiz. (jadval):
1). Agroekotizimlarda turlar xilma-xilligi keskin qisqargan: o‘stirilayotgan o‘simlik turlarining qisqarishi bitsenozdagi hayvonlar turining qisqarishiga olib keladi, insonlar tomonidan o‘stirilayotgan hayvonlar soni tabiiy ekotizimlardagi hayvonlar soniga nisbatan arzimas ko‘rsatkichga teng, madaniy yaylovlarning (o‘tchil o‘simliklar o‘stiriladigan) turlar xilma-xilligi qishloq xo‘jaligi ekinlari dalalariga o‘xshaydi.
2). Inson tomonidan etishtirliayotgan o‘simlik va hayvon turlari sun’iy tanlash natijasida “evolyusiya”ga uchraydi, natijada yovvoyi turlar bilan bo‘ladigan raqobatga inson yordamisiz bardosh bera olmaydi.
3). Agroekotizimlar quyosh energiyasidan tashqari inson tomonidan kiritiladigan qo‘shimcha energiya bilan ta’minlanib turiladi.
4). Sof maxsulot (hosil) ekotizimdan yig‘ib olinadi va biochenozdagi oziq zanjiriga tushmaydi. Sof maxsulotning qisman zararkunandalar tomonidan foydalanilishi, hosilni yig‘ib olishdagi yo‘qotishlar, qaysikim ular tabiiy trofik zanjirga tushishi mumkin, ular ham har tomonlama inson tomonidan nazorat qilib turiladi.
5). Dalalar, bog‘lar, o‘tloqlar (yaylovlar) tomorqalar va boshqa agrotsenozlar kambag‘allashgan tizimlar bo‘lib suksessiyaning boshlang‘ich bosqichida insoln tomonidan qo‘lar-quvvtlanib turiladi. Ular tabiiy pioner jamoalar singari o‘z-o‘zini boshqarishga layoqatsiz, shuning uchun bunday tizimlar inson yordamisiz mavjud bo‘la olmaydi.
Agrotsenozlarda ayrim turlarning sezilarli darajada ko‘payib turishi kuzatiladi. CH.Elton bu holatni “ekologik portlash” deb atagan. Tarixan ma’lumki bunday “ekologik portlash” lar ko‘plab kuzatilgan, oldingi yuz yillikda fitoftora zamburug‘i Fransiyadagi hamma kartoshkani nobud qilgan va ocharchilik bo‘lishiga sababchi bo‘lgan, kolorodo qo‘ng‘izi kartoshka zararkunandasi sifatida 1859 yili AQSH ning Kolorodo shtatida aniqlanib, qisqa 20 yil davomida AQSH ning kartoshka etishtiriladigan hamma shtatlariga tarqalib katta zarar etkazdi. XX asrda u G‘arbiy Evropaga kirib keldi, 40 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlarida etishtirilayotgan kartoshka dalalariga qirg‘in keltiradi.
Bunday holatlarning qaytarilmasligi uchun ularning miqdorini sun’iy cheklab turish, zararkunandalarning biror turi ko‘payib ketish xavfi tug‘ilganda tezda ularni yo‘qotish ishlari olib boriladi. Bunday holatlarda u yoki bu zararkunandalarning ortiqcha miqdori to‘g‘risidagi inson fikri, tushunchasi tabiat “fikri” tushunchasi bilan mos kelmaydi. Tabiiy tanlanish nuqtai nazaridan olma qurti miqdori bir meyorda bo‘lishiga olmaga tur sifatida yashab qolishiga zarar etkazmaydi, ammo insonga ko‘proq istemolga yaroqli, sifatli mahsulot kerak, shuning uchun ham olma qurtining ko‘payib ketishini oldini olish maqsadida doimiy ravishda turli himoya vositalarini qo‘llab turadi. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligi amaliyotida zararkunandalar miqdorini cheklab turish uchun turli himoya vositalaridan ko‘p miqdorda foydalaniladiki, uning ta’siri tabiiy abiotik va biotik boshqaruvdan (tartibga solib turish) ko‘p darajada kuchlidir.
Ekologik nuqtai nazardan insonlarni o‘rab olgan tabiiy tizimini soddalashtirish juda xavfli hisoblanadi. SHuning uchun ham barcha landshaftlarni agro xo‘jalik landshaftlariga aylantirish mumkin emas, tabiiy landshaftlarni saqlab qolish, ularning xilma-xilligini ko‘paytirish, jamoalarning skutsession qatorini to‘ldirib turadigan turlarning erkin ko‘payishini ta’minlaydigan teginilmagan-tabiiy xoldagi zonalar qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar, tabiat bog‘larini saqlab qolish eng dolzarb vazifalar qatorida turadi.
Agroekosistemalarni, asosan avtotrof komponentlar yoki «yashil zonalar» tashkil qiladi. Agroekosistemalar tabiiy yoki yarim tabiiy ekosistemalardan quyidagicha farqlanadi: 1) agroekosistemalar inson qaramog‘idan yordamchi energiya oladi, u quyosh energiyasiga qo‘shimcha yoki uni o‘rnini bosadi (issikhona, oranjereya); 2) argonsenozlar ichida organizmlar soni xilma-xilligi juda ham chegaralangan (foydali o‘simliklar, hayvonlar turlari); 3) agroekosistemalarda dominantlik qiladigan turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlanish ta’sirida bo‘ladi.
Agrosistemalar kerakli ozuqa mahsulotlari olish uchun tashkil qilinadi va funksiyasi, tuzilishi boshqarilib turiladi, ya’ni:
Sistemani ushlab turish uchun qo‘shimcha energiyadan foydalanish, bu holat tabiiy sistemalarda Quyosh energiyasi tomonidan bajariladi. Agroekosistemalarda Quyosh nurining asosiy energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozuqa-urug‘ga, mevaga o‘tadi.
Maxsus moslashtirilgan muhitda seleksiya asosida yaratilgan o‘simliklar navlari va hayvonlar zotlaridan optimal mahsulot olinadi.
Agroekosistemani 2 katta guruhga bo‘lish mumkin (Odum, 1986):
Fan-texnika taraqqiyoti davrigacha bo‘lgan agroekosistema. Bu davrda qo‘shimcha energiya sifatida inson va hayvon kuchidan foydalanilgan va etishtirilgan mahsulot dehqonning oilasi uchun yoki bir qismini sotish, yoki kerakli mahsulotga almashtirishga mo‘ljallangan.
Mexanizatsiyalashgan intensiv ekosistemada ko‘plab yoqilg‘i energiyasi, ximikatlar va mashinalar ishlatiladi, mahalliy aholi talabidan ortiqcha mahsulot etishgiriladi, ortiqchasi tashqi bozorga jo‘natiladi. Masalan, O‘zbekistonning paxtasi, sabzavot va poliz ekinlari, Afrikaning banani, Arabistonning xurmosi, Gurjistonning apelsini tashqi bozorda sotiladi.
Dostları ilə paylaş: |