20-mashg’ulot: “Qizil kitob” va uning ekologik ahamiyati. Noyob va yo’qolib borayotgan hayvonlarni muxofaza qilish maqsadida maxsus qo’riqlanadigan maydonlar-qo’riqxonalar, buyurtmalar va milliy bog’lar tashkil qilinadigan. O’zbekistonda 9 ta qo’riqxona va ko’plab buyurtmalar mavjud. Bunday hayvonlarni muxofaza qilish uchun “Qizil kitob” ham tashkil qilingan. “Qizil kitob” da har bir tur uchun quyidagi ma’lumotlar beriladi: nomi, tarqalishi, yashash muhiti, hozirgi holati, ko’payishi, raqobotchilari, dushmanlari, kasalliklari, sonining o’zgarishi sabablari va xokazolar.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan barcha turlar 5 guruhga ajratiladi:
1-guruhga yo’qolib ketish arafasida turgan turlar kiritiladi. Ularni faqat maxsus tadbirlar natijasida saqlab qolish mumkin.
2-guruhga soni kamayayotgan turlar kiritiladi.
3-guruhga noyob turlar kiritiladi.
4-guruhga noaniq turlar kiritiladi.
5-guruhga saqlab qolingan turlar kiritiladi.
O’zbekiston “Qizil kitobi”ga sut emizuvchilarning 22 turi, qushlarning 31 turi, sudralib yuruvchilarning 5 ta va baliqlarning 5 turi kiritilgan.
GLOSSARIY Abiotik muhit [yun. “a” – inkor ma’nosi, “BIOS” – hayot] – 1) tirik organizmlarni o‘rab turgan notirik jismlardan iborat muhit; 2) tirik organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari.
Adaptatsiya (moslashish) [lot. “adaptatio” – moslashish, ko‘nikish] – tirik organizmlarning muhitning konkret sharoitida barqaror yashab ketishini ta’minlaydigan morfofiziologik, populyasiyaviy va boshqa xususiyatlarining yig‘indisi. Umumiy A. (keng ko‘lamdagi muhit sharoitlariga ko‘nikish) hamda xususiy A. (muhitning lokal, yoki o‘ziga xos xususiyatli sharoitlariga ko‘nikish) farqlanadi.
Akllimatizatsiya – atrof muhitdagi o‘zgarishlarga nisbatan organizmning fiziologik va xulqiy moslashishi.
Antropogen omil – inson va uning faoliyati tomonidan organizmlarga, biogeotsenoz, landshaft, BIOSferaga ko‘rsatiladigan ta’sir.