O‘zbеkiston rеspublikasi


Aholiga protez-ortapediya yordamini ko‘rsatish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə45/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

10.2. Aholiga protez-ortapediya yordamini ko‘rsatish
Nogironlar salomatligini tiklash,ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli
a’zosi sifatida his etishlari uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni
yaratib berish nogironlarni reabilitatsiya qilishga oid keng qamrovli
davlat dasturining muhim maqsadi va yo‘nalishlaridan sanaladi.
Nogironlar uchun qulay turmush sharoiti yaratiladi.Ulardagi
patalogik funksional nuqsonlar turlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
noqulayliklarni bartaraf etilishiga ularning salbiy ta’sirini kamaytirishga
xizmat qiluvchi chora tadbirlardan biri — ularni maxsus tehnik
vositalar bilan ta’minlashdir.
Nogironga texnika vositasi yoki boshqa vosita salomatlikni tiklashning
yakka tartibdagi dasturiga muvofiq bepul yoki imtiyozli tarzda
beriladi.
Salomatlini yakka tartibdagi dasturida ko‘zda tutilgan texnika
vositasi yoki boshqa vositani davlat idorasi berishi mumkin bo‘lmagan
holda nogiron tegishli vositani o‘z hisobidan sotib olgan bo‘lsa ,unga
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda tovon
to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 27-
martda «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarini protez-ortopediya
buyumlari, reabilitatasiya texnika vositalari bilan ta’minlash tartibi
to‘g‘risida yo‘riqnoma» ro‘yhatga olingan.
Ushbu yo‘riqnomada protez-ortopediya buyumlari va texnika
vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanadigan fuqarolar toifalari
belgilab berilgan va ular jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
a) ikkinchi jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan
nogironlar;
b) umumiy kasallikdan nogironlar;
d) kasb kasalligidan nogironlar;
e) mehnatda mayiblanish tufayli nogironlar;
f) harbiy xizmat burchini bajarish paytidagi jarohat, kontuziya,
mayiblanish kasalliklari oqibatidagi nogironlar;
g) harbiy xizmatni o‘tash paytida kasalligi tufayli nogironlar;
h) harbiy xizmat burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holdagi
mayiblanish,kontuziya tufayli nogiron bo‘lganlar;
i) fuqarolik burchini bajarish bilan bog‘liq hollardagi jarohat,
mayiblanish tufayli nogiron bo‘lib qolganlar;
105
j) CHAESda yuz bergan halokat oqibatlarini bartaraf etishda
qatnashib nogiron bo‘lib qolganlar;
k) bolaligidan nogironlar;
l) 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolalar;
Muhtoj fuqarolarga beriladigan protez va ortopediya buyumlari
quyidagilardan iborat:
1. Qo‘lning protezlari (yelka,yelka ajralgan joyi,yelka oldi, barmoqlarning
protezlari).
2. Oyoqning protezlari( boldir,boldir ajralganjoyining,tizza protezlari)
3. Ko‘krakning ekzoprotezlari.
4. Quyi va yuqori tugallangan joylar uchun ortopediya apparatlari
va tutorlar.
5. Korsetlar.
6. Bandajlar( radikulit,tug‘ishdan oldingi va tug‘ishdan keyingi
bandajlardan tashqari).
7. Reklinatorlar (ajratuvchi shinalar).
8. Murakkab ortopediya poyabzallari.
9. Protezdagi poyabzal.
Protez korxonalari jamoalari zimmasiga ularni ishlab chiqarish va
tarqatish bilan birga, ta’mirlash vazifasi ham yuklatilgan.Protezdagi
poyabzal (protezga kiydirilgan poyabzal ) nogironga protez bilan birga
beriladi.
Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi nogiron protez-ortopediya
buyumlariga muhtoj ekanligi haqidagi tibbiy hulosani berayotgan
paytda oldindan belgilab qo‘yilgan tibbiy me’zonlarga asoslangan
holda ish ko‘riladi.
Protez-ortopediya buyumlariga buyurtmalar qabul qilish va ular bilan
ta’minlash tartibi. Protez-ortopediya buyumlariga muhtoj bo‘lgan fuqarolar
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan beriladigan
yo‘llanma — talon asosida bunday vositalar bilan ta’minlanadilar.
Ana shunday yo‘llanmani olish uchun nogiron (uning qonuniy
vakili, homiylik qiluvchi shaxs) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot
bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishi va o‘zining arizasiga TMEK
tomonidan belgilangan shaklda berilgan (16 yoshga to‘lmagan bolalar
uchun tibbiy maslahat komissiyasining xulosasi) protez-ortopediya
buyumlariga muhtoj ekanligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani taqdim etadi.
Protez-ortopediya buyumlariga muhtoj ekanlik to‘g‘risidagi yo‘llanma
106
nogiron shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘lg‘aziladi va tuman
(shahar) TMEK raisi imzolagani holda beriladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limi birinchi marta (dastlabki) talon —
yo‘llanma berilayotganda nogiron uchun «protezlanayotgan shaxs
kartasi»ni rasmiylashtiradi. Bu kara nogironning shaxsiy ishi — hujjatlar
to‘plami orasida saqlanadi va nogiron doimiy yashash joyini o‘zgartirganda
karta ham ish bilan birga u doimiy yashash uchun ko‘chib
o‘tgan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yuboriladi. Protezortopediya
buyumlaridan foydalanishning eng uzoq muddati qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, shu muddat o‘tgach ular
boshqasi bilan almashtirilib berilishi lozim.
Protezlardan foydalanish bo‘yicha quyidagi eng uzoq muddatlar
belgilangan:
1. Qo‘l (yelka,yelka oldi,barmoqlari) protezlari — 24 oy.
2. Oyoq (son,ajralgan joy,to‘pig‘) protezlari — 24 oy.
3. Oyoq va qo‘lning ortopediya apparatlari, protezlari - 24 oy.
4. Ko‘krakning ekzopratezlari — 24 oy.
5. Oyoq va qo‘l to‘piqlari — 12 oy.
6. Bandajlar — 12 oy.
7. Reklinatorlar — 12 oy.
8. Ortopediya poyabzali,protezga kiydirilgan poyabzal — 12 oy.
Tibbiy xulosaga ko‘ra tegishli asoslar mavjud bo‘lganida protezortopediya
buyumlari yuqorida qayd etilgan muddatidan oldin ham
belgilangan tartibda almashtirilib berilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Nogironlar belgilangan tartibda reabilitatsiya texnika vositalari
bilan ham ta’minlanishlari mumkin.
Reabilitatsiya texnika vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Velokalaskalar.
2. Kreslo-kalaskalar.
3. Kichik hajmli kalaskalar.
4. Eshitish apparatlari.
5. Hassalar.
6. Qo‘ltiqoyoqlar.
Reabilitatsiya texnika vositalariga muhtoj ekanligi haqida tibbiy
mehnat ekspertiza komissiyasining (16 yoshga to‘lmagan nogiron
bolalar tibbiy maslahat komissiyasining) xulosasiga ega bo‘lgan nogiron
shaxslar (ularning vakillari) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari
tomonidan yashab turgan yerda hisobga olinadilar hamda navbat bilan
ta’minlanadilar.
107
Reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlanishda imtiyozlardan
foydalanishga haqli bo‘lgan nogironlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan
nogironlar.
2. Mehnatda mayiblangan nogironlar.
3. Kasb kasallligi tufayli nogiron bo‘lganlar.
4. Harbiy xizmat burchini bajarish bilan bog‘liq holda yaralanish,
kontuziya bo‘lish, jarohat olish natijasida kasalga chalinish tufayli
nogiron bo‘lganlar.
5. Harbiy xizmatni o‘tashda duchor bo‘lgan kasalllik tufayli nogiron
bo‘lganlar.
6. Harbiy xizmat burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzdagi
jarohat, mayiblanish, kontuziya bo‘lish (baxtsiz hodisalar) tufayli
nogiron bo‘lganlar.
7. Fuqarolik burchini bajarayotganda kontuziya bo‘lish, mayiblanishdan
nogiron bo‘lganlar.
8. CHAESda yuz bergab halokat oqibatida nogiron bo‘lganlar.
9. Bolalikdan nogironlar.
10. 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolalar.
Tibbiy ekspertiza komissiyalari nogironning reabilitatsiya texnika
vositalariga muhtoj ekanligini aniqlash paytida qonun hujjatlarida
oldindan belgilab qo‘yilgan tibbiy mezonlarga amal qilingan holda ish
ko‘radilar.
Reabilitatsiya texnika vositalari bilan nogironlar tuman (shahar)
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan nogiron (uning vakili bilan)
tuzilgan shartnomaga ko‘ra navbat asosida ta’minlanadilar.
Reabilitatsiya texnika vositasiga ehtiyoji qolmaganda (nogiron
sog‘aysa, vafot etsa) bu vositalar olingan joydagi ITBga qaytarib
topshirilishi lozim. Reabilitatsiya vositalaridan foydalanish muddati
quyidagicha belgilangan:
a) velokolaska, kreslo-kalaska, kichik hajmli koloskalar uchun 5 yil;
b) eshitish apparatlari uchun 4 yil;
d) qo‘ltiqoyoqlar uchun 2 yil;
e) qo‘ltiqoyoq va rezina qismlar uchun 12 oy.
Reabilitatsiya texnika vositasi foydalanish uchun mo‘ljallangan
muddatdan oldin ishdan chiqib, yaroqsiz bo‘lib qolsa,belgilangan
tartibda,tegishli komissiya xulosasiga binoan yangisiga almashtirib
berilishi nazarda tutilgan.
108
Reabilitatsiya texnika vositalari ta’mirlash korxonalari tomonidan
kafolat muddati ko‘rsatilgan holda ta’mirlab beriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin