10.2-jadval Bir o‘zgaruvchi omil qatnashgandagi ishlab chiqarish Kapital sarfi, K Mehnat sarfi, L Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, Q O‘rtacha mahsulot, L Q AP
Chekli mahsulot, L Q MP L
15
0
0
-
-
15
1
12
12
12
15
2
32
16
20
15
3
60
20
28
15
4
80
20
20
15
5
95
19
15
15
6
108
18
13
15
7
112
16
4
15
8
112
14
0
15
9
108
12
-4
15
10
100
10
-8
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o‘zgarmasligini
ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga
to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi ustunda keltirilgan.
O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan
aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka etguncha ortib,
undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot maksimal bo‘lganda mehnat sarfi
to‘rt birlikni tashkil qiladi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti
L MP keltirilgan. U
qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot
miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi ustundagi
har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini
ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15 birlik)
mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32
birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28
birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham
boshida o‘sib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o‘sib,
mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog‘liq.
Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.