292
Qisqа хulosаlаr
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga
oladi va ularni iqtisodiy
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari
xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi
orqali
YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi.
Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi.
To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy
va davriy ishsizlik turlari
mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig‘indisiga
teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi
va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha
miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy
darajasi uning tabiiy
darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM
o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning
miqdoriy
darajasini ifodalaydi.
AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun
moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi. Natijada
iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi.
Dostları ilə paylaş: