305
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va
texnologiyalarga bog‘liq va baholar daoajasiga bog‘liq emas;
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o‘zgarish sekinlik bilan ro‘y beradi;
-iqtisodiyot to‘liq
bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi
potensial darajaga teng;
-baholar va nominal ish haqi o‘zgaruvchan, ularning o‘zgarishi bozorlarda
muvozanatni ta’minlab turadi.
Oraliq kesma
– ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi
narxlar darajasining
o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish
holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim
tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa,
boshqa tarmoqlarda hozircha
ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish
uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan
foydalanishiga
to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada
baholar darajasining o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bahoga bog‘liq bo‘lmagan
omillar hisobiga ham ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ng yoki
chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillarnig xususiyati
shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali
yalpi taklif egri chizig‘ining siljishiga sabab bo‘ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari
mihdorining o‘zgarishi, resurslar baholarining o‘zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi
o‘zgarishlar boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: