402
M. Porterga o‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining
raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo‘ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig
mavjud bo‘lishi;
-mamlakat ichida
mazkur tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talabning
xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‘ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon
bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo‘shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ichida
qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini
rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar
berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet
mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning
raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: